D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Nomoddiy aktivlar harakatining dastlabki



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

7.3. Nomoddiy aktivlar harakatining dastlabki,
sintetik va analitik hisobi
7-BHM Aning 12-moddasiga binoan nomoddiy aktivlar quyida­
gi hollarda tegishli hisobvaraqlarga kirim qilinadi:
— korxona tom onidan yaratilganda;
— boshqa korxonalardan sotib olinganda;
— tekinga olinganda;
— ustav kapitaliga ulush tarzida yoki aksiyalar haqini to ia sh
hisobiga;
— boshqa aktivlarga ayirboshlash bilan;
— inventarizatsiya natijasida ortiqcha mavjudligi aniqlanganda 
va boshqa hollarda.
U lam ing kirim qilinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
— korxona tom onidan yaratilganda - kirim qilish to ‘g ‘risidagi 
dalolatnom a va baholash dalolatnomasi;
— sotib olinganda — shartnom a, to ‘lovni tasdiqlovchi hujjat, 
qabul qilib olish dalolatnomasi;
— tekinga olinganda — shartnom a, qabul qilib olish dalolat­
nomasi va baholash dalolatnomasi;
— ustav jam g‘armaga ulush sifatida olinganda — ta ’sis hujjati, 
qabul qilib olish dalolatnomasi, baholash dalolatnomasi va bosh­
qalar.
Nom oddiy aktivlar hisobiga quyidagi hisobvaraqlar m o‘ljallan- 
gan:
0410 — patentlar, litsenziyalar va nou-xau (yangi texnologiya);
0420 — savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari;
0430 — dasturiy ta ’m inot;
0440 — yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari;
0450 — tashkiliy xarajatlar;
0460 — franchayz (savdo markalari atamalari kabi aktivlardan 
foydalanish huquqining berilishi);
0470 — mualliflik huquqlari;
0480 — gudvill korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keiadigan 
va sotib olinayotgan korxona uchun haq ham da uning so f 
aktivlarini baholovchi qiymati o ‘rtasidagi farq (firma bahosi);
130


0490 — boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish
ish bajarish, xizmat ko£rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan 
foydalanish huquqi va boshqalar).
Ushbu hisobvaraqlaming barchasi aktiv hisobvaraqlar bo ‘lib, 
ulaming qoldig‘i va kirimi debetda, chiqimi kredit. tom onida aks 
etadi.
N om oddiy aktivlarning harakatida quyidagi hisoblar o ‘zaro 
boglanadi:
1. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganda — DT 0830 
KT 6010.
2. U lar balansga qabul qilinganda — D T 0410-0490 KT 
0830.
3. T a’sischilardan ustav jam g‘armasiga ulush sifatida qabul 
qilinganda - DT 0410-0490 KT 4610.
4. N om oddiy aktivlar bepul qabul qilinganda — DT 0410- 
0490 KT 8530.
5. Boshqa korxonaga ulush sifatida berilganda — D T 9220 
KT 0410-0490.
6. Sotilgan nomoddiy aktivlarga pul mablag‘lari kelib tushganda
- DT 5110-5530 KT 4010.
7. Gudvillni aks ettirishda — D T 0480 KT 8330.
8. Gudvilldan foydalanishning butun davri mobaynida oyma- 
oy hisobdan chiqarilishida DT xarajat hisobvaraqlari — KT 0480 
va boshqalar.
7-BHM Aning 65-bandiga asosan nomoddiy aktivlar quyidagi 
hollarda hisobdan chiqariladi:
a) tugatishda;
b) sotishda;
c) ayirboshlashda;
d) tekinga berishda;
e) ustav kapitaliga muassis ulushi sifatida berishda;
f) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqishida;
g) kam om ad va yo‘qotishning aniqlanishida.
N om oddiy aktivlarning hisobdan chiqishi shartnom a, to ‘lov
va boshqa hujjatlar, chiqib ketish dalolatnomasi, qabul qilib olish- 
topshirish dalolatnomalari orqali rasmiylashtiriladi.
131


Nom oddiy aktivlaming hisobdan chiqishiga 9220-hisobvaraq 
debetlanib, 0410-0490 hisobvaraqlar kreditlanadi.
U lam ing eskirish summasiga 0510-0590 hisobvaraqlari debet­
lanib, 9220-hisobvaraq kreditlanadi.
N om oddiy aktivlaming hisobdan chiqishi b o ‘yicha aniqlangan 
moliyaviy natijaga (foyda) D T 9220 KT 9320 yoki D T 9430 KT 
9220 (zarar) hisoblar bog‘lanadi.
N om oddiy aktivlaming analitik hisobi ulaming har bir inventar 
obyekti b o ‘yicha tashkil etiladi. Nom oddiy aktivlaming inventar 
obyekti b o lib shartnom a, patent, guvohnom a, huquq va shu 
kabilar asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki 
xizm atlar ko‘rsatishda m ustaqil vazifalaming bajarilishi yoxud 
korxonaning m a’muriy va boshqa funksiyalari uchun ishlatilishi 
hisoblanadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin