D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Mehnat va ish haqining dastlabki



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.4. Mehnat va ish haqining dastlabki,
sintetik va analitik hisobi
Korxonalarda mehnat va unga haq to ‘lashni tashkil etishda 
sarflangan mehnatni, hisoblangan m ehnat haqini o‘zida aks 
ettirgan dastlabki hujjatlaming ahamiyati katta va qishloq xo‘jalik 
korxonalarida ulaming asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
45


1. Ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) — vaqtbay haq 
toiashda bajarilgan kun va soatlaming hisobi bilan.
2. Mehnat va bajarilgan ishlami hisobga olish varaqasi (66- 
shakl) - unda xodimlar bajargan ish hajmi, ishlagan soati, kuni, 
razryadi. ish normasi va boshqalar ko‘rsatiladi.
3. Traktorchi-mashinistning hisob varaqasi (67-shakl) yoki 
traktoming yo‘l varaqasi (68-shakl) - qishloq xo‘jalik ishlarini 
mexanizmlarda, transport ishlarini traktorlar yordamida bajaril- 
ganda foydalaniladi va ularda ish turi, hajmi, razryad, hisoblangan 
mehnat haqi summasi, sarflangan yoqilg‘i va boshqalar ko‘rsatiladi.
4. Chorvachilik tarmog‘ida band bo‘lgan xodimlarga mehnat 
haqi hisoblash hisob-kitobi (69-shakl). Bu hujjat chorvachilik 
mahsulotlarini qabul qilish va mollarga qarash bo‘yicha to ‘ldirila- 
digan hujjatlar (81, 115, 95, 97, 98, 112-shakllar) asosida mah- 
sulotning miqdori belgilangan ta’riflar asosida kishi kunlari va 
tarif asosida hisoblangan mehnat haqi summasi ko‘rsatilgan holda 
toidiriladi.
5. Ishbay ish naryadi (70-shakl) — xo‘jalikni qurilish, ta’- 
mirlash va boshqalarga tuzilib, xodimlar tomonidan bajariladigan 
ish (soat) kunlari, ish hajmi, ish haqi va boshqalar ko‘rsatiladi.
Ushbu va boshqa hujjatlar belgilangan muddatlarda xo‘jalik 
buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriyada ushbu hujjatlar tek- 
shiriladi, qayta ishlanadi va ular asosida xodimlarga mehnat. haqi 
hisoblanadi.
Xo‘jaliklarda yuqoridagi hujjatlarning na’munaviy shakllari 
o‘miga mehnatga haq hisoblash bo‘yicha ixtiyoriy holda tuzilgan 
shakllar ham uchraydi.
Xo‘jaliklarda har bir xodim bo‘yicha mehnat haqining hisobi 
«Mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar daftari (44-shakI)» yoki 
«Hisoblash uv-to‘lov qaydnomasi» (73-shakl)da olib boriladi.
Hisoblangan mehnat haqi tegishli ushlovlar amalga oshirilgach 
«ToMov qaydnomasi» (74-shakl) yoki «Hisoblashuv-to‘lov qayd­
nomasi» (73-shakl) orqali to ‘lanadi.
Xo‘jaliklarda xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob- 
lashuvlarga quyidagi sintetik hisobvaraqlar m o‘ljallangan:
4210 — mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar.
46


6710 — mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar.
6720 — deponentlangan ish haqi.
Ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob 44— va 73- 
shakllarda har bir xodim bo‘yicha olib boriladi. 6710, 6720 
hisobvaraqlar balansga nisbatan passiv, 4210 hisobvaraq aktiv 
hisoblanadi.
6710 hisobvaraqning kredit tomonida xodimlarga hisoblangan 
asosiy va qo‘shimcha haq, nafaqa va boshqalar hisobga olinadi, 
debet tomonida hisoblangan mehnat haqi va boshqalardan ushlov- 
lar va ulaming to ‘lanishi hisobga olinadi.
6720 hisobvaraqda o ‘z vaqtida olinm agan ish haqining 
deponentga o‘tkazilishi (DT 6710 KT 6720) va uning to ‘lanishi 
(DT 6720 KT 5010) hisobga olinadi.
4210 hisobvaraqda mehnat haqi hisobiga bo‘nakning berilishi 
(DT 4210 KT 5010) va berilgan bo‘nakning mehnat haqidan 
ushlab qolinishi (DT 6710 KT 4210) hisobga olinadi.
Umuman, 6710 hisobvaraglning debeti bilan krediti bo‘yicha 
yuqorida keltirilgan muomalalardan tashqari quyidagilar ham 
uchraydi:
DT 0810-0890 KT 6710 — kapital qo‘yilma sohasida band 
boMganlarga mehnat haqi hisoblanganda.
DT 2010, 2310, 2510 KT 6710 - asosiy, yordamchi ishlab 
chiqarish va umumiy ishlab chiqarish sohalarida band bolganlarga 
ish haqi hisoblanganda.
DT 9410-9430 KT 6710 — mahsulot sotishda, boshqamv va 
boshqa umumxoljalik ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlarda band 
boiganlarga ish haqi hisoblanganda.
DT 9210 KT 6710 — asosiy vositalarni hisobdan chiqarish 
bilan band bo‘lganlarga ish haqi hisoblanganda.
DT 5010 KT 6710 — ortiqcha toMangan summa kassaga 
qaytarilganda.
DT 9430 KT 6710 - xodimlarga bir martalik mukofot 
hisoblanganda.
DT 9720 KT 6710 — tabiiy ofatlarni (yong‘in, suv toshqini 
va boshqalar) bartaraf etishda ishlaganlarga ish haqi hisob­
langanda.
47


DT 6710 KT 4790 — mehnat haqidan mahsulot, ish va 
xizmatlar uchun ushlab qolinganda.
DT 6710 KT 5010 — kassadan ish haqi va boshqalar 
to ‘langanda.
DT 6710 KT 4220 — ish haqidan hisobdor shaxslar tomonidan 
qaytarilmagan bo‘naklar ushlanganda.
DT 6710 KT 4710 — ish haqidan kreditga olingan tovarlar 
uchun ushlanganda.
DT 6710 KT 4730 — ish haqidan yetkazilgan moddiy zararlar 
summasi ushlanganda.
DT 6710 KT 6410 — ish haqidan daromad sol ig‘i ushlanganda.
DT 6710 KT 6520 — ish haqidan pensiya jam g‘armasiga 
ushlanganda.
D T 6710 KT 6990 — ish haqidan ijro varaqalari bo‘yicha 
(aliment va boshqa) ushlanganda.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin