D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Mehnatga haq to‘lashning shakllari va turlari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.3. Mehnatga haq to‘lashning shakllari va turlari
Qishloq xo‘jalik korxonalarida mehnat haqini tashkil etish 
quyidagilami o‘z ichiga oladi: mehnatni normalash, tarif tizimi, 
mehnat haqining shakl va tizimlari.
Mehnatni normalash
— amaldagi vaqt normalari hamda xizmat 
ko‘rsatish va ish bajarish normalari.
43


Tarif tizimi
— tarif-malaka m a’lumotnomasi, tarif setkasi va 
tarif stavkasini o ‘z ichiga oladi.
Tarif-malaka та ’lumotnomasi —
ishchilar malakasini aniqlash 
va ularga ma’lum razryad belgilashga asos bo‘ladi.
Tarif setkasi
— bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif 
koeffitsiyentlari ko‘rsatiladigan hujjat.
Tarif stavkasi —
ishchilaming yoki ishning razryadiga muvofiq 
unga ma’lum vaqt birligi davomida yoki bajarilgan ish (xizmat) 
miqdoriga to ‘lanadigan haq miqdori.
Masalan, 2015-yilning 26-avgustidan I razryad — 322474 
so‘m, V razryad — 470427 so‘m, X razryad — 698347 so‘m va 
boshqalar.
Xodimlarga mehnat haqi vaqtbay va ishbay shakllarida amalga 
oshiriladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va 
ishlagan vaqtiga qarab haq to ‘lanadi va u quyidagicha bo‘linadi:
7. 
Oddiy vaqtbay
— belgilangan maosh va stavkalar asosida.
2. 
Vaqtbay-mukofot —
belgilangan maoshdan tashqari muay- 
yan miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun qo‘shim- 
cha ravishda taqdirlanadi.
Ish haqining ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan 
ishning soni va sifatiga qarab toManadigan haq hisoblanadi va 
uning quyidagi tizimlari mavjud:
7. 
Oddiy ishbay —
bajarilgan ish m iqdorini belgilangan 
rassenkaning ish haqiga ko‘paytirilgan holda hisoblanishi.
2. Ishbay-mukofoi —
oddiy ishbaydagi haqdan tashqari ishning 
sifatli, normaning oshirib bajarilgani uchun qo‘shimcha ravishda 
taqdirlanish.
3. Ishbay-progressiv —
me’yordan ortiqchasiga oshirilgan narx 
bo‘yicha haq to ‘lanishi. Bu har bir holda maxsus shkala bo‘yicha 
ko‘rsatilgan (belgilangan) boMadi.
4. Akkord-mukofot ~
mehnat haqi fondining butun ish hajmi 
uchun belgilanishi. Bunda tarif ish haqi fondi bajarilgan ishga 
(yetishtirilgan mahsulot)ning qiymati (har 100 so‘mi yoki 1 
sentneri, donasi)ga nisbatan akkord rassenkalari belgilanadi. Bu 
tizimda xodimlarga mehnat haqi yil davomida ushbu rassenkalar
44


hisobidan amalga oshirilib, yil oxirida ishlab chiqarishning 
natijalari bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Ish haqi o ‘z tarkibiga ko‘ra quyidagicha turlarga bo‘linadi:
1. Asosiy ish haqi.
2. Qo‘shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi xod im larn in g bajargan ishlari u chun 
toianadigan haq bo‘lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
— tarif stavkalari va maoshlar bo‘yicha toianadigan haq;
— bekor tu rib qolishlar (ishchilarning aybisiz), tu n d a 
ishlaganlik uchun qo‘shimcha, dam olish, bayram kunlari va 
boshqalar uchun to ‘lanadigan haq;
— ta ’tilga to ‘lanadigan, o ‘smirlarga imtiyozli soatlar uchun, 
davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun toManadigan haq 
va boshqalar.
Q o‘shimcha ish haqi — bu belgilangan norma (erishilgan 
daraja)ga nisbatan, tovar-moddiy qiymatlaming iqtisodi va boshqa 
ko‘rsatkichlarga erishgani uchun rag‘batlantirishdir. Masalan, ish­
lab chiqarish rejasini oshirib bajarganligi, materiallami iqtisod 
qilganligi va boshqalar uchun asosiy haqga nisbatan qo'shimcha 
holda rag‘batlantirish.
Ish haqining barcha turlari natura va pul shaklida amalga 
oshirilishi mumkinligi tegishli m e’yoriy hujjatlarda o ‘z aksini 
topgan. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi 
to ‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasida «fermer xo‘jaliklari 
xodimlarining mehnatiga haq to ‘lash taraflaming kelishuviga ko‘ra 
pul hamda natura tarzida qonun hujjatlarida belgilangan yagona 
ta’rif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan 
oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi» deyilgan.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin