D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Mehnat haqiga nisbatan amalga oshiriladigan



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

3.5. Mehnat haqiga nisbatan amalga oshiriladigan
ajratmalar va undan chegiriladigan summalar hisobi
Xo‘jaliklarda xodimlarga hisoblangan mehnat haqiga nisbatan 
yagona ijtimoiy to ‘lov bo‘yicha ajratmalar amalga oshiriladi. Ushbu 
ajratma 2016-yil uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre- 
zidentining « 0 ‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjetining parametrlari 
to ‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
2015-yil 22-dekabrdagi PQ — 2455-sonli) Qaroriga asosan 25 
foiz qilib belgilangan. Ushbu ajratma quyidagi maqsadlarga 
mo‘ljallangan:
— byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga — 24,8%;
— bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,1%;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalar federatsiyasiga
-
0
,
1
%.
Ushbu ajratm a mikrofirm a va kichik korxonalar uchun
2016-yil 1-yanvardan 15 foiz qilib belgilangan:
— byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga — 14,8%;
— bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,1%;
48


— O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalar federatsiyasiga
-
0
,
1
%.
Xo‘jalik!arda ushbu ajratmalar hisoblanganda hisoblangan ish 
haqi olib boriladigan xarajat hisobvaraqlari debetlanib, 6520 — 
«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to ‘lovlar» hisobvarag‘i kredit­
lanadi. Shu summalar maqsadli jamg'armalarga o‘tkazilganda DT 
6520 KT 5110-5530 o ‘tkazma tuziladi.
Xo'jaliklarda rnehnat haqidan chegiriladigan (ushlab qolinadi- 
gan) summalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Daromad solig‘i.
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 172-moddasiga 
binoan jismoniy shaxslaming jami daromadi deganda ish beruvchi 
bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan shartno- 
maga muvofiq ishlami bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisob- 
lanadigan va to ‘lanadigan barcha to‘lovlar tushuniladi.
2. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga.
3. Kasaba uyushma federatsiyasi jamg‘armasiga.
4. Ijro hujjatlari bo'yicha (aliment, yetkazilgan moddiy zarar 
va boshqalar uchun).
5. Oldin berilgan bo‘naklar.
6. Kreditga olingan tovarlar summasi va boshqalar.
Yuqoridagilardan 1, 2, 3, 4-bandda ko‘rsatilganlar majburiy
ushlovlar hisoblanadi va keyingi ikkitasi mavjud bolgandagina 
ushlanadi.
Daromad solig‘i stavkasiga deyarli har yili tegishli o‘zgartirishlar 
kiritiladi va u 2016-yilga quyidagi stavkalarda:
— minimal ish haqining bir barobariga to 'g ‘ri keiadigan qismi- 
dan — 0%;
— minimal ish haqining bir barobaridan besh barobarigacha 
to ‘g‘ri keiadigan qismidan — 7,5%;
— eng kam ish haqining 5 barobaridan o ‘n barobarigacha 
to ‘g‘ri kelgan qismidan — 17%;
-- eng kam ish haqining 10 barobaridan ortiq qismidan - 23%.
Xodimlar mehnat haqidan daromad solig‘i ushlanganda DT 
6710 KT 6410 - «Byudjetga to ‘lovlar bo‘yicha qarz» hisobva­
raqlari bo‘yicha ushlanadi.
49


Byudjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga hisoblangan 
mehnat haqi summasidan 2016-yilda 7,5 foiz miqdorda ushlanadi 
va u DT 6710 KT 6520 — «Maqsadli davlat jamg‘armalariga 
to ‘lovlar» hisobvaraqlari bo‘yicha aks ettiriladi.
Ijro hujjatlari bo‘yicha ushlovga (sud va boshqa organlaming 
qarori bilan) DT 6710 KT 6990 — «Boshqa majburiyatlar»;
— xodim tomonidan yetkazilgan zarar summasiga DT 6710 
KT 4730 — «Moddiy zarami qoplash bo‘yicha xodimlami qarzi»;
— kasaba uyushmalariga mehnat haqidan 1 foiz miqdorida 
ushlab qolinishida -D T 6710 KT 6520;
— yuqorida ta ’kidlanganidek, mehnat haqi hisobidan bo‘nak 
summasi ushlanganda — DT 6710 KT 4210;
— mehnat haqidan kreditga olingan tovarlar uchun ushlan­
ganda — DT 6710 KT 4710 — «Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha 
xodimning qarzi»;
— mehnat haqidan ushlangan summalar tegishli tashkilotlarga 
o‘tkazib berilganda - DT 6410, 6520, KT 5110, 5530 va boshqa 
hisobvaraqlar tuziladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ning 164-mod- 
dasiga asosan xodimning mehnat haqidan ushlab qolinadigan jami 
ushlovlar summasi hisoblangan mehnat haqi summasining 50 
foizidan oshib ketmasligi lozim.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin