D05336f92130a92d5b144021a0557fa0 Informatika va axborot texnologiyalari pdf


§ 9.3. GLOBAL KOMPYUTER TARMOQLARI



Yüklə 143,21 Kb.
səhifə12/20
tarix15.04.2023
ölçüsü143,21 Kb.
#98610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Ma\'ruza 9. Tarmoq texnologiyasi

§ 9.3. GLOBAL KOMPYUTER TARMOQLARI
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o‘zaro almashish ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo^ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko‘plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko‘plab tarmoqlami birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq — bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta’minotidan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan har bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlaming ko‘pi foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan Windows ОТ muhitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muhim xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va har qanday ShK platformasida saqlanadigan ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.

Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ega hisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalami tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar ham dasturli-apparat kompleksi sifatida, ham elektron shaklda axborot uzatishning kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik iste’molchilar hisoblanadi. Tashkilotlaming alohida avtomatlashtirilgan komplekslarini bog‘lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada hisob- kitoblar o'tkazish imkonini beradi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va
moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari

MDHda yangi tijorat tarmoqlarini ommaviy ravishda barpo etish 1991 -yildan boshlandi va doimiy davom etib kelmoqda. Tarmoq xizmatlariga kiradigan hudud jadallik bilan kengaymoqda, taqdim etiladigan servis darajasi va sifati o‘smoqda. Telekommunikatsiya xizmatining rivojlanishi xo'jalik va tijorat faoliyatini harakatlantirishning, iqtisodiy rivojlanishning muhim shartlaridan biridir. Faol marketing va texnik siyosati olib boruvchi ayrim tarmoqlami sharhlab o’tamiz.
Relcom tarmog‘i
1990-yilda Atom energiyasi institutining va bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, UNIX — kompyuterlar tizimini ishlab chiquvchi mutaxassislar va foydalanuvchilami birlashtiruvchi uncha katta bo'lmagan tarmoq tashkil etildi. Tez orada tarmoq 30 dan ortiq tashkilotni birlashtirdi va Intemetning — Evropadagi EUnet tarmog'iga ulandi hamda ro'yxatga olindi.
Hozirda Relcom umumiy maqsadlarga mo’ljallangan tarmoq sifatida rivojlanmoqda. U ilmiy va tijorat tashkilotlarini, davlat idoralari va muassasalarini birlashtiradi. Texnik jihatdan Relcomni o‘z mintaqasida foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlaralmashishini ta’minlovchi va zarur paytda mintaqaviy aloqa uzellari orqali boshqa rayonga ma’lumot uzatuvchi mintaqaviy uzellar jamlanmasi deb tasavvur etish mumkin.
Relcom mintaqa ichida va EUnet, Internet, BitNet abonent tarmoqlarida elektron pochta xizmatini ta’minlaydi. Tarmoq Usenet telekonferensiya- laridan foydalanish imkonini beradi. Relcom orqali RELIS tijorat axborot tizimi bilan ishlash oson va qulay. Bu tizim kundalik yangiliklami, dayjestlar, tahliliy sharhlar va boshqa ko‘pgina mavzularda axborotlarni taqdim eta oladi.

Yüklə 143,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin