SprintNet tarmog‘i SprintNet ma’lumotlami uzatish tarmog'i bo‘lib, o‘nlab mamlakatlaming yuzlab shaharlariga kirish uzellariga ega. SprintNet tarmog‘iga keng sohadagi ma’lumotlarga ega mingta ma’lumot bazasi ulangan. SprintNet tarmog’i axborotlarni katta tezlikda almashish imkonini beradi.
Glasnet tarmog‘i Oshkoralik kuchaygan paytda tashkil etilgan va uni o‘z atamasiga aylantirgan (Glasnost-oshkoralik). Glasnet tarmog’i 1990-yildan boshlab Rossiya aholisiga va MDHdagi bir qancha davlatlar uchun jahon Internet kompyuter tarmog‘iga kirish xizmatini ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes vakillariga e’tibor berish — Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi.
Sovam Teleport tarmog‘i Sovam Teleport Xalqaro kompyuter axborot tarmog‘i San Francisco / Moscow Teleport (AQSh), Cable & Wireless (Buyuk Britaniya) kompaniyalari hamda Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990-yilda tashkil etilgan. Tarmoq avvalo joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot almashuv uchun mo‘ljallangan. Xalqaro tarmoqqa chiqish ijaradagi yo‘ldan G‘arbiy Evropaga aloqa qilish kanallari orqali chiqiladi.
Bank tarmoqlari va banklararo hisob-kitoblar tizimi Xo‘jalikda toTovlaming katta qismi naqd pulsiz hisob-kitob shaklida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz aylanmaning katta ahamiyati iqtisod uchun ko‘plab banklararo pul o‘tkazishni o‘zaro hisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo’llashning nisbatan samarali sohalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo hisob-kitob, pul mablag‘larini o‘zaro o‘tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jihatdan bir-biriga bog‘liq korxonalarga xizmat ko‘rsatish, bir xildagi tezkor bitimlami amalga oshirish. Kelajakda aksionerlik kliring va hisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ulami jahon moliya tizimiga birlashtirish — bu Markaziy Bank siyosatining yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Endi turli mamlakatlardagi mavjud kliring tizimini ko‘rib chiqamiz.