Internetga joylangan asosiy g‘oyalar ISO (International Standard Organizatsion — Standartlash bo‘yicha Xalqaro tashkilot) ochiq tizimlar (ISO/OSI) o'zaro ta’sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy maqsadi, turli darajadagi tarmoq komponentlarining o‘zaro munosabatini tashkil etuvchi tartiblar va turli xildagi darajalardir. Internet tarmog’ining yetti darajali modeli 9.14 - rasmda yaqqol keltirilgan.
ISO modeliga muvofiq har bir darajaning vazifasi quyidagi servisni bajarishdan iborat:
7-daraja — amaliy.U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlaming o‘zaro aloqasini ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o'rtasida interfeysni ta’minlagan holda). Bu darjada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllami uzatish, olislashgan holda terminalga kirish, elektron pochta va hokazo;
6-daraja — ma’lumotlarni taqdim etish.Bunda ma’lumotlami uzatishda kodirovkani bir xillashtirish ta’minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan ShKlar o’rtasida ma’lumotlar almashuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi.
Ma’lumotlarni uzatuvchi ShKda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma’lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi. Ma’lumotlarni qabul qiluvchi ShKda bu darajasi ma’lumotlarni oraliq daromaddan qabul qiluvchi ShKning amaliy darajasini aniqlaydigan formatga aylantiradi;
А компьютер В компьютер
9.14 - rasm. Yetti darajali tarmoq modeli.
5-daraja — seansli. U ikkita gapni turli ShKga joylash, foydalanish va birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga oshiriladi:
uzilish (to‘xtab qolish) natijasida seansni qoldirish.
4-daraja — transportga oid.Ushbu daraja ma’lumotlarni to‘g‘rila- nishni ta’minlaydi, xatolami imkon darajasida to‘g‘rilaydi. Tashish bo‘yicha servis xizmati ko‘rsatadi;
3-daraja — tarmoqli ikki mashina o‘rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni manzillarga jo‘natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlaming jismoniy manzillarga o‘zgarishiga javob beradi; jo‘natuvchi ShKdan qabul qiluvchi ShKcha bo‘lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog‘liq holda ma’lumotlaming o‘tish yo‘lini belgilaydi;