amaliy darajada— xabarlaming ShK formati kishining ma’lumotni qabul qilishi uchun qulay ko‘rinishga o‘zgaradi.
Intemetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi:
IP (Internet Protocol) —tarmoqlararo protokol, ma’lumotlarni alohida paketlarga ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IP-manzil) bo'lgan sarlavha (nomlanishini) ta’minlaydi. Ulaming belgilangan punktga to‘g‘ri ketma- ketlikda yetib borishi protokol bilan kafolatlanmaydi. Ushbu protokolning muhim vazifalaridan bin — bu marshrutlash (Internet bo‘yicha yo‘l tanlash. Paketlar shu yo‘l bo‘ylab uzatiladi). IP protokoli mantiqiy birikishlarsiz ishlaydi, u xatolami aniqlamaydi va tuzatmaydi.
TCP (Transmission Control Protocol) protokoli — transport darajali protokol — u paketni to‘g‘ri yetkazib berish uchun javob beradi.
Internet IP protokolini va TSR oilasiga mansub protokollardan birini kafolatli qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab tarmoqlami birlashtiradi. Qoida bo‘yicha TCP/IP atamasi TSR va IP protokollari bilan bog‘liq barcha narsalami anglatadi. U butun bir protokollar oilasi qamrab oladi. Intemetda ko‘pgina amaliy protokollar mavjud bo’lib, ular Mail, telnet, ftp, archie, gopher, WAIS, World Wide Web kabi dasturlar foydalaniladi. Masalan: fayllami jo‘natish protokoli (G‘TR), olislashgan mashina terminal emulyatsiyasi protokoli (telnet), oddiy pochtaning jo‘natish protokoli (SMTP), nomlaming (DNS) domen (mintaqaviy) tizimli protokoli, marshrutlashning axborotlashgan protokoli (RIP) va hokazo. TCP/IP protokoli avvaliga global tarmoqqa mo‘ljallangan edi.
Jismoniy dastur darajasi ma’lumotlami taqdim etish muammosini mustaqil hal etuvchi amaliy dasturdan iborat.
Transport darajasi— ma’lumotni kompyuterdan kompyuterga yetkazib berishni ta’minlaydi.