Tarmoqlararo daraja — manzilgohlar va marshrutlar bo‘yicha ishlami ta’minlaydi.
Tarmoqqa kirish darajasi — apparat interfeyslari va ushbu apparat interfeyslari drayverlaridir.
Internetdagi asosiy protokollar va ularning qoMlanilishi
Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi va foydalaniladigan ShKga bog‘liq emas. Protokollar texnologiyalar o‘rtadagi mantiqiy ko‘prik bo ‘ 1 ib kommunikatsiyaning ko‘plab elementlarini boshqaradi. Internet protokollari haqidagi axborotni RFC (Request For Somment)da topish mumkin. RFC — bu fayl ko‘rinishida taqdim etilgan Internet hujjatlaridir. Tarmoqning, protokolning texnik mufassalligiga berilmay oldinga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun foydalanuvchiga ilova ko‘mak beradi. Ilova — bu amaliy va dasturiy ta’minot. Intemetning nisbatan keng ommalashgan to‘plami (majmui) mavjud: elektron pochta (e-mail),
olisdan turib kirish, fayllami uzatish, WWW va hokazo. Deyarli hamma amaliy dasturiy ta’minot Internet «mijoz-serven> chizmasi bo‘yicha ishlaydi. Foydalanuvchi ShKda «dastur-mijoz» texnologiyasida ishlaydi.
U serverdan xizmat haqida so‘raydi, server esa so’ralgan xizmat bo’yicha harakat qiladi. Mijoz va serverlar “o‘zaro tilda” - protokol orqali gaplashadi.
Elektron pochta (E-mail) Internet
taqdim etadigan mashhur, ommabop xizmat turi sanaladi. Lining xususiyati shundaki, elektron pochta ma’lumotlami ShK orqali jo‘natadi va qabul qiladi. Pochta bilan ishlash uchun (o‘qish, saqlash, yangi elektron pochta jo‘natmasi) siz mijoz dasturini kiritasiz. Sizning xost kompyuteringiz server-pochta rolini bajaradi.
Konkret server turi uchun siz turli xil mijozlardan foydalanishingiz mumkin.
Ma’lumotlami elektron pochta orqali jo'natishda Internet kompyuterlari o'rtasida TCP/IPning bir qismi hisoblangan SMTP protokolidan (Simple Mail Transfer Protocol) foydalaniladi. Xabarlar papkasiga kirishga ruxsat olish uchun olislashgan kompyuterlarda IMAP (Internet Message Access Protocol) kirish protokollaridan foydalaniladi. Odatda e-mail xabarlari faqat matndan iborat bo'ladi, lekin unga ikkilik — fayl,
grafik tasvimi, shuningdek, audio va video faylni kiritish mumkin.
Buning uchun mijoz ham, server ham MIME (Multipurpose Internet Mail Extension — Intemetning ko‘p maqsadli pochta kengayishi) bilan ishlay olishi kerak. MIME standard Intemetga ma’lumotlami uzatishni ta’minlay olishi uchun ishlab chiqilgan. Bu ma’lumotlar sof matndan tashqari ma’lumotlaming ikkilik tizimini o‘z ichiga oladi.
Hozirda elektron pochtaning ko'plab dastur-mijozlari mavjud: mail, elm, pine, Eudora, Netscape va hokazolar. Agar Intemetga kirishga ruxsatingiz bo‘lsa, demak sizning o‘z pochta manzilgohingiz mavjud (E-mail adres). Intemetdagi pochta manzilgohi bir-biridan @ (ampersand) belgisi bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo'ladi, @ gacha turgan pochta manzilgohi — by pochta qutisini bildiradi, @ dan keyingisi esa — xost-kompyuter manzilgohidir.
Elektron pochta manzilgohi shakli quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
@
manzilgoh, xost-kompyuterdan foydalanuvchi nomi.
Masalan:
johnb@yoyodyn.com; petrova@cs.msu.ru
Intemetda marshrutlovchi faqat @ belgisidan o‘ngda turadigan komanda qatorini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi nomini kompyuteming o‘zi o'qiydi.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUH0KAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR
Kompyuter taromoqlari deganda nimani tushunasiz ?
Oddiy kompyuter tarmog'ini ishlash prinsiplarini tushuntirib bering.
Uzellari orasidagi masofa bo'yicha tarmoqlar qanday tasniflanadi ?
Kompyuter tarmog‘ining dasturiy ta’minotini aytib bering.
Axborotlarni uzatish usuli bo'yicha tarmoqlaming tasniflanishini aytib bering.
Axborotlarni uzatish bo‘yicha tarmoqlaming tasniflanishini aytib bering.
Tarmoq topologiyasini tushuntirib bering.
Tarmoq abonenti deganda nimani tushunasiz ?
Kompyuter tarmoqlari ierarxiyasini ishlash mexanizmlarini aytib bering.
Server va ishchi stansiya deganda nimani tushunasiz ?
Lokal kompyuter tarmog‘ida ishlash prinsiplarini aytib bering.
Global axborot tarmog‘ida ishlash yo‘llarini aytib bering.
Protokollar haqida axborot bering.