Mijoz (klient)— vazifa, ishchi stansiya eki kompyuter tarmog* * idan
foydalanuvchi. Mijoz ma’lumotlami qayta ishlash jarayonlarida qiyin ishlami bajarishi, faylni o’qishi, ma’lumotlar bazasida axborot izlash uchun serverga so‘rov jo‘natishi mumkin.
Ilgaritdan belgilangan server mijozdan tushgan so’rovni bajaradi. Server hamma foydalanadigan ma’lumotlami saqlaydi, ushbu ma’lumotlarga kirishni tashkil etadi va mijozga ma’lumotlami beradi.
Mijoz olingan ma’lumotlami qayta ishlaydi va qayta ishlangan natijalami foydalanuvchiga qulay ko’rinishda taqdim etadi. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoki mijoz-server arxitekturasi atamasi qabul qilingan.
Mijoz-server arxitekturasidan bir darajali lokal hisoblash tarmog*ida, shuningdek ajratilgan serverli tarmoqda foydalanish mumkin.
Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stansiyalar o‘zaro ta’sirini boshqarishning yagona markazi yo‘q va ma’lumotlami saqlash uchun yagona qurilma mavjud emas.
Tarmoq operatsion tizimi barcha ishchi stansiyalar bo’yicha tarqalgan. Har bir tarmoq stansiyasi ham mijoz, ham server vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalardan olingan so’rovlarga xizmat ko‘rsatishi va o'z so’rovlarini tarmoqqa jo'natishi mumkin. Bir darajali tarmoq afzalligi: narxi arzon va o‘ta ishonchli. Bir darajali tarmoq kamchiligi:
• tarmoq ish samaradorligining stansiyalar soniga bog*liqligi;
• tarmoqni boshqarish murakkabligi;
• axborotlami himoyalashning qiyinligi;
Ajratilgan serverli tarmoq. Ajratilgan serverli tarmoqda ShKdan biri barcha ishchi stansiyalar uchun mo’ljallangan ma’lumotlami saqlash, ishchi stansiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani boshqarish va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Bunday ShK odatda tarmoq serveri deb yuritiladi. Unga tarmoq operatsion tizimi o’matiladi, yana unga barcha taqsimlanadigan tashqi qurilma — qattiq disklar, printerlar va modemlar ulanadi.
Ishchi stansiyalar o‘rtasidagi o’zaro ta’sir odatda server orqali amalga oshiriladi. Markaziy qurilma rolini server bajaradi. Markazlashtirilgan boshqaruv tarmoqlarida ishchi stansiyalar o‘rtasida axborot almashuv imkoniyati mavjud.
Topologiya tarmoq uzellarini ulash chizmasini o‘rtalashtiradi. Masalan, ellips, ham yopiq egri, ham yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga, yopiq boTmagan siniq chiziq esa — shina topologiyaga mansub.
Aylana topologiya — tarmoq uzellarining yopiq egri kabel bilan birlashuvini hosil qiladi (9.10 - rasm). Uzatish va qabul qilish o‘rtasidagi har bir oraliq uzel yuborilgan xabami retranslyatsiya qiladi. Qabul qiluvchi uzel faqat o‘ziga yuborilgan ma’lumotlamigina aniqlaydi va qabul qiladi.
Aylana topologiya nisbatan kichikroq kenglikda shug‘ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi. Unda markaziy uzel yo‘qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotlami retranslyatsiya qilish uzatish vositasi sifatida har qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday tarmoq uzellari xizmat ko‘rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi, uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotlami uzatish traktini saqlash uchun choralar ko‘rishni talab qiladi.