D05336f92130a92d5b144021a0557fa0 Informatika va axborot texnologiyalari pdf


Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi



Yüklə 143,21 Kb.
səhifə5/20
tarix15.04.2023
ölçüsü143,21 Kb.
#98610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Ma\'ruza 9. Tarmoq texnologiyasi

Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta’minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati; dasturli mahsulotlar sifatida bosishini amalga oshirish.
0‘quvchilar va o‘qituvchilar ShKlari o‘rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo Hash hisobiga o‘quv jarayonlarini uslubiy takomillash- tirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilami amalga oshirish mumkin: o‘qituvchi ShKda bajariladigan ishlarni 0‘quvchilar ShKda ko'rsatish; o‘qituvchining ShK monitorida o'quvchilar ShKlari ekranlarini aks ettirish orqali o‘quvchilar bajaradigan ishlami nazorat qilish.
Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo‘lganda lokal tarmoqning har qanday ShKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash.
Tarmoq topologiyasi
Tarmoq topologiyasi — bu ShKlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy chizmasi. Lokal tarmoqlarida ko'pincha quyidagi asosiy uch topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko‘pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‘zi zarur.
Kirish uslubi — bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to‘plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo‘lib, har bir ShK tarmog‘iga o‘matiladi va tarmoq kanallari bo‘yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
Monokanal topologiya tarmog‘i
Monokanal topologiya tarmog‘i barcha ShK tarmog'ini birlashtiruvchi bitta aloqa kanalidan foydalanadi. Topologiya tarmog‘ida eng keng tarqalgan uslub — bu eltuvchi chastotani va ixtiloflami aniqlovchi kirish uslubidir (CSMA/CD) (9.6 - rasm).
Bunda avvalo, tarmoqning kirish uslubida kommunikatsiya kanali bo‘yicha ma’lumotlarni jo‘natishdan oldin kanal tinglab ko‘riladi va u bo‘sh ekanligiga ishonch hosil qilingandan so'nggina, paket jo'natiladi. Agar kanal band bo‘lsa, uzel tasodifiy vaqt oralig‘ida paketni uzatishga qayta urinib ko‘radi. Bitta tarmoq uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlar barcha uzellarga yetib boradi, ammo bu ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan uzelgina ulami aniqlaydi va qabul qiladi.
Kanal bandligi oldindan eshitilib ko’rilsada, ikkita uzel orqali paketlami bir vaqtda uzatish paytida ixtilof paydo boTishi mumkin. Bu shu narsa bilan bog’liqki, signal kanal bo’ylab o’tayotganda vaqtinchalik ushlanib qolishi mumkin: signal yuborilgan, lekin eshitib ko’riladigan uzelgacha yetib bormagan bo‘ladi, natijada uzel kanalini bo‘sh deb hisoblab uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa Internet tarmog’i misol bo‘la oladi.

MONOKANAL SHINA
9.6 - rasfn. Monokanal topologiyaning lokal tarmog'i.
bu yerda: TM - terminator.
Kichik EHM, mikro EHM va nihoyat shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratishga yangicha yondashuvni talab etadi. Ayrim ShKning ma’lumotlarni markazlashgan holda qayta ishlash tizimidan taqsimlangan holda qayta ishlashga o‘tishi borasida mantiqiy asoslangan talab paydo bo‘ldi (9.7 - rasm).

Yüklə 143,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin