D05336f92130a92d5b144021a0557fa0 Informatika va axborot texnologiyalari pdf


Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash —



Yüklə 143,21 Kb.
səhifə6/20
tarix15.04.2023
ölçüsü143,21 Kb.
#98610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Ma\'ruza 9. Tarmoq texnologiyasi

Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash — bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bog'langan ShKlar tomonidan qayta ishlash demakdir.
Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali assotsiatsiya tashkil etilgan. Lining tuzilmasi quyidagi yo'nalishlardan biri bo‘yicha ishlab chiqiladi:

Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi
Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi — qator o’rnatilgan hisoblash mashinalari guruhi bo’lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilran. Ular birgalikda yagona axborot jarayonlarini bajaradi.
Jarayon deganda dastur orqali belgilanadigan vazifalar bajariladigan ayrim harakatlar ketma-ketligi tushuniladi.
Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • lokal-kompyuterlar bitta binoda o‘rnatilgan sharoitda o‘zaro aloqa uchun maxsus asbob-uskuna va alohida aloqa kanali talab qilmaydi;

  • masofali — kompleksning ayrim ShKlari markaziy ShKdan ma’lum masofada o‘matilgan bo’ladi va ma’lumotlarni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi.

1-misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini ta’minlovchi meynfreym turidagi EHMga bog’lovchi qurilma yordamida mini EHM ulangan. Har ikki EHM bitta mashina zalida turibdi. Mini EHM keyinchalik meynfreymdagi murakkab masalalarni yechishda foydalaniladigan ma’lumotlarni tayyorlaydi va oldindan qayta ishlab chiqadi. Bu ko‘p mashinali lokal kompleks sanaladi.
2-misol. Qayta ishlanishga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun kompleksga uchta EHM birlashtirilgan. Ulardan biri dispetcherlik vazifasini bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikkita EHMdan birining bandligiga ko‘ra masalalar taqsimlanadi. Bu lokal ko‘p mashinali kompleks.
3-misol. EHM ayrim mintaqalar bo‘yicha ma’lumotlarni yig’adi, ularni oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloqa kanali orqali markaziy EHMga uzatadi. Bu masofali ko‘p mashinali kompleks.

Yüklə 143,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin