Hisoblash tarmog'ining tasnifi Abonent tizimining hududiy joylashuviga ko‘ra hisoblash tarmog'ini uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin (9.2 - rasmga qarang):
global tarmoqlar (WAN- Wide Agea Network);
mintaqaviy tarmoqlar (MAN- Metropolitan Area Network);
lokal tarmoqlar (LAN- Local Area Network).
Global hisoblash tarmog'i turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog4i, radio-aloqa va yo‘ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmog‘i barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi.
Mintaqaviy tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni bog‘laydi. U alohida mamlakatning katta shahridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy hisoblash tarmog‘ining abonentlari orasidagi masofa o‘nlab, yuzlab kilometmi tashkil qiladi.
Lokal hisoblash tarmog‘i uncha katta bo’lmagan hududdajoylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmog‘i tarqalgan hududda aniq chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog‘langan. Lokal hisoblash tarmog'iga mansub sinfga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i kiradi. Bunday tarmoq 2—2,5 km hududni qamrab oladi.
Global, mintaqaviy, lokal hisoblash tarmoqlari ko‘p tarmoqli ierarxiyani tashkil etadi. Ular ulkan axborot to'plamini qayta ishlovchi kuchli iqtisodiy vositani yaratib cheksiz axborot resurslariga kirish imkonini beradi. 9.9-rasmda hisoblash tarmog‘i ierarxiyalaridan biri keltirilgan. Lokal hisoblash tarmog‘i mintaqaviy tarmoq tarkibiga komponent sifatida kirishi mumkin. Mintaqaviy tarmoq global tarmoqqa kirishi va nihoyat, global tarmoq murakkab tuzilmani tashkil etishi mumkin.
Global tarmoq
9.9-rasm. Kompyuter tarmoqlari ierarxiyasi.
Misol. Internet kompyuter tarmog'i mashhur global tarmoq hisoblanadi. Uning tarkibiga ko‘pgina erkin birlashgan tarmoqlar kiradi. Internetga kiruvchi har bir tarmoq ichida aniq aloqa tuzilmasi va ma’lum boshqaruv tartibi mavjud. Internet ichida ma’lum bir foydalanuvchi uchun turli tarmoqlar o‘rtasidagi birlashish tuzilmasi va uslublari hech qanaqa ahamiyatga ega emas.
Hozirda har qanday boshqaruv tizimining ajralmas unsuri bo‘lib qolgan ShKlar lokal hisoblash tarmog‘i yaratish borasida shov-shuvga sabab bo’lmoqda. Bu ham o‘z navbatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
ShKni fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida qo’llash amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, hisoblash texnikasini tatbiq qilishda alohida ShK emas, balki lokal hisoblash tarmoqlari ko‘proq samara beradi.
Har qanday kommunikatsiya tarmog‘i albatta quyidagi asosiy komponentlarni: uzatish, xabar, uzatish vositasi, qabul qilishni o‘z ichiga oladi.