Lokal hisoblash tarmog‘ining asosiy topologiyasi LHT tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari hisoblash tarmog'i tashkil etiladigan hududda eng tasodifiy holatda joylashishi mumkin. LHT topologiyasi — bu tarmoq uzellari birlashuvining 0‘rtachalashtirilgan geometrik chizmasidir.
Hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin Ioka hisoblash tarmog'i uchun uchta tur umumiy hisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi tom ma’noda aylana, to‘g‘ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikmi bildirmaydi.
Har qanday kompyuter tarmog‘ini uzellar majmui sifatida ko'rish mumkin.
Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilmadir.
3 mijoz
9.10 - rasm. Aylanma topologiya tarmog'i.
Shinali topologiya — eng oddiy turlardan biri (9.11 - rasm). U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog‘liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo'yicha har ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga jo'natilgan bo‘lsa, faqat o'shagina qabul qila oladi. Xizmat ko‘rsatish tartibi parallel.
9.11 - rasm. Shinali topologiya tarmog'i.
Bu hol shinali topologiya bilan LHTning tezkor harakatini ta’minlaydi. Tarmoqni kuchaytirish va konfiguratsiyalash, shuningdek, turli tizimlarga moslashtirish oson. Shinali topologiya tarmog1 i alohida uzellaming buzilish ehtimolligiga chidamlidir. Ushbu turdagi topologiya tarmog'i hozirda keng joriy etilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, ulaming ko‘lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xil turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi.
Yulduzsimon topologiya (9.12-rasm) markaziy uzel kontsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi. Har bir periferiya uzel markaziy uzel bilan alohida o‘z aloqa tarmog'iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborotlar oqimini retrans- lyatsiya qiladi va yo‘lga soladi.
Yulduzsimon topologiya LHT uzellarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini osonlashtiradi. Ayni paytda LHTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog'liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.
U yoki bu topologiyani tanlash LHTni qo‘llash sohasi, uning uzellari geografik joylashuvi va tarmoq hajmi bilan belgilanadi.