Daminov t. A., Xalmatova b. T. Boboyeva u. R


Qiz bolalarning jinsiy rivojlanish davri (J.M.Tanner)



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə4/26
tarix23.02.2017
ölçüsü1,57 Mb.
#9543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

Qiz bolalarning jinsiy rivojlanish davri (J.M.Tanner)


Bosqichlar

qovuq tuklari

Ko'krak bezlari

1

Pubertat oldi

Pubertat oldi

2

siyrak, yengil pigment- lashgan, tori, mayin, yumshoq, lablar bo'ylab (11,5)

Ko'krak va so'rg'ich ko'tarilgan, areola diametri kattalashgan (11,0)

3

Ancha qalinlashgan, o'ralish boshlangan (12,5)

Ko'krak va areola kattalashgan, umumiy konturga ega (12,0)

4

qattiq, o'raluvchan, lekin kattalarga nisbatan kam, sonda bo'lmaydi (13,0)

Areola va so'rqich ko'krak bezi konturidan

chiqib turadi (13,0)



5

Katta ayollarga xos uchburchak, sonning ichki yuziga tarqalgan (14,5)

Etilgan ko'krak bezi, so'rqich chiqib turadi,

areola - umumiy konturning

yarmiga teng (15,5)



O'g'il bolalarning jinsiy rivojlanish bosqichlari J.M.Tanner


Bosqichlar

qovuq tuklari

Jinsiy a'zo, urug'don

1

yo'q

Pubertat oldi

2

siyrak, uzun, kam pigmentlashgan, yumshoq (13,5)

Jinsiy olat kattaligi o'rtacha, moyak katta, to'q rangda, burmali

(11,5)


3

Ancha tuk, o'ralish boshlangan, ko'p emas, olat asosida (14,0)

Olat uzunligi kattalashgan, moyak va urug'don

kattalashgan (13,0)



4

qattiq, o'raladi, kattalar tipida, lekin kamroq, sonda yo'q (14,5)

Olat kengaygan, moyak va urug'don kattalashgan,

terisi to'q rangda (14,0)



5

Kattalar ko'rinishida, sonning ichki yuzasida, lekin gorizontal chegarada (15,0)

Kattalarnikidek o'lchamida

(15,0)


6

Kindikkacha tarqalgan




*qavs ichida bosqich boshlanishi ko'rsatilgan (yoshda);
Jinsiy rivojlanishda qiz bolalar o'g'il bolalarga nisbatan 2 yil oldin yetiladi, bu geteroxronlik yetilganlik hisoblanib, shu yoshdagi jinslarning o'zaro aloqasida muammolar keltirib chiqaradi. Bir xil jinslarning yetilishiham xar-xil bo'lishi mumkin. Psixologlarning kuzatuvi ko'rsatadiki, rivojlanishi o'rta yoshga to'g'ri kelgan qizlar o'zini baholashi ijobiy, kech yetilgan kizlarda esa erta yetilganlarga nisbatan o'zini baholash ancha yuqori turadi. O'g'il bolalar esa aksincha, kech rivojlanganda qayg'uradi, ularning o'zini baholashi tushib ketadi, kattalarga tobe bo'lib qoladi va tengdoshlaridan o'zini olib qochadi, ota-onalariga bog'liq bo'lib qoladi. Erta yetilgan o'g'il bolalar ancha o'zini ustun qo'yadi va rahbarlik qilishga moyil bo´ladi. Agar o'smir bolada urug'donlarning (pubertatli) kattalashishi 13,5 yoshda kuzatilmasa yoki jinsiy rivojlanishning 3- bosqichi ikkinchi bosqichi boshlangandan keyin to'rt yil davomida yuzaga kelmasa bunday holatlarda, jinsiy yetilishning ortda qolishi haqida fikrlash mumkin.Ko'pgina qizlar hayz ko'rishmasa xavotirga tushadilar. Agar ko'rikda jinsiy a'zolarning anatomik nuqsoni kuzatilmasa, JBE ning 3 bosqichi boshlangan qizlarda yetilish normada ketayotganidan va yaqin oradahayz ko'rishidan darak beradi. Agar 13 yoshli qiz bolalarda ko'krak bezlarining kattalashuvi kuzatilmasa yoki pubertat o'zgarishlar boshlanishidan hayz ko'rgunicha oradan 5 yil o'tsa, bunday hollarda jinsiy yetilishdan orqada qolish xaqida o'ylash mumkin. Agar jinsiy yetilish ortda qolsa, endokrin statusni tekshirish lozim.
O'SMIRLIK YOShI DAVRLARI

Xronologik yosh va JBE yetarli mezonlari yordamida pubertat o'zgarishlarning erta, o'rta yoki kech davrlarini aniqlash mumkin. Har bir davr bir-biridan belgilari bilan farq qiladi.



Erta davr. O'smir bu davrda tanasidagi o'zgarishlar bilan band bo´ladi. Ularning ideal tana tuzilishi haqida o'z fikrlari bor. Pubertat davrning boshida o'smirlar ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishini qiziqish bilan kuzatadilar. Ular oz ota-onalariga yangichasiga qarashadi va birinchi marotaba to'g'ri tarbiya olganlarmi, ota-onalari hurmatlimi, hamma havas qiluvchi obrazga to'g'ri keladimi yoki yo'qmi deb o'ylaydilar.

O'rta davr. Bu davr taxminan 1,5 yil davom etadi, qiz bolalarda 13-15 yosh va o'g'il bolalarda 16 yoshlarda. O'smirlar o'z qobiliyatining o'sishiga qarab erkin bo'lishga harakat qiladi. qarama-qarshi jinsga nisbatan qiziqish uyg'onadi. Aqliy rivojlanish ortadi, abstrakt tushunchalarni o'ylash hosil bo´ladi, gipotezalar tuqiladi, kelajakhakida o'ylaydi.

Kechki davr. Ko'proq kelajakda kim bo'lib yetishish va qayerda o'qish haqida o'ylaydi. Bu davrda osmirlar ko'proq o'ziga ishonish hissi paydo bo´ladi va jinsiy aloqa qilishda o'ziga qat'iy ishonch hosil bo´ladi. Aqliy rivojlanish davom etadi, logik o'ylash, fikrlash ustun turadi.
BOLALARDA ASAB TIZIMI XUSUSIYaTLARI

  1. Bolalarda asab tizimining anatomo - fiziologik xususiyatlari

Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni o'g'il bolalarda 390 g (340 - 430 g), qiz bolalarda 355 g (330-370 g), ya'ni tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda 2,5%). Kattalarnikiga qaraganda chaqaloqlarda miya vazni tana vazniga nisbatan 5 barobar katta va 1/8 munosabatda aniqlanadi (kattalarda esa 1:40). Bola hayotining 1 yoshligini oxiriga kelib, miya vazni 2 barobar ortadi, 3-4 yoshda esa 3 barobar ortadi. Keyinchalik (7 yoshdan so'ng) miya vazni sekin osadi va 20-29 yoshlarda maksimal darajaga yetadi (erkaklarda - 1355 va ayollarda 1220 g).

Bola tug'ilgandan keyin bosh miyaning rivojlanishi tugallanmaydi. Miyaning katta yarim sharlari yoshga xos xususiyatga ega: egatlar, kichik balandlik va chuqurlikga ega bo'lgan yirik bursharlardan tashkil topgan. Mayda bursharlar oz, ularning soni bola hayotining birinchi oylarida ko'payadi. Kattalarnikiga qaraganda, peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi - aksincha katta bo´ladi. Miyacha yaxshi rivojlanmagan, uning yarim sharlari kichik o'lcham va kenglikda, egatlari yuzaki. Yon qorinchalar keng, tortilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda filogenetik rivojlanishda miyaning boshqa qismlari yaxshi rivojlangan bo´ladi. Miya o'zagining vazni 10,0-10,5 g, bu tana vaznining 2,7 % ni tashkil qiladi (kattalarda 2 %), miyacha esa - 20g (tana vaznining 5,4% ni tashkil etadi). Bola hayotining 5 oyligida miyacha vazni 3 barobar ortadi, 9 oyligida 4 barobar oshadi (bola tik turadi, yuradi). Miyacha yarim sharlari intensiv rivojlanadi.

Chaqaloqlarda oraliq miya ham yaxshi rivojlangan. Bosh miyaning peshona qismi sezilarli chiqgan va unchalik katta emas. Chakka bo’laklari yuqori. Orolcha bo’laklari chuqur joylashgan. Bola hayotining 4 yoshigacha bosh miya kengligi, uzunligi va balandligi teng o'sadi, keyinchalik miya o'sishida balandlik ustunlik qiladi, peshona va tepa bo'laklari tez o'sadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bosh miya yarim sharlari yuzasida burshar va egatlar bo´ladi. Asosiy egatlar (markaziy, lateral va boshqalar) yaxshi rivojlangan, asosiy egatlar shoxchalari va kichik egatchalar kuchsiz rivojlangan. Keyinchalik, bola yoshining ortishi bilan, borozdalar chuqurroq, ular o’rtasitdagi egatchalar relefli bo´ladi. Asab to'qimalarining mielinizasiyasi filogenetik rivojlanishida miyaning asosiy qismlarida miyaning yangi qismlariga nisbatan erta boshlanadi va tugallanadi. Bosh miya po'stlog'ida asab to'qimalari mielinizasiyasi erta boshlanadi, bu esa sezishning har xil turlariga olib keladi. Miyacha yadrolar bilan bog'lanadi. Afferent to'qimalar mielinizasiyasi 2 oyligidan boshlanadi va 4-5 yoshda tugallanadi. Efferent to'qimalar esa keyinroq, 4-5 oydan 7-8 yoshgacha rivojlanadi.

Kul rang moddani oq moddadan farqlash qiyin, mielin qobig'i bo'lmaydi. Bola tug'ilganda gipotalamus yadrosi, piramidal yo'l, qadoksimon tana yaxshi rivojlanmagan va funksional sust bo´ladi. Chaqaloqlarda po'stloq osti markazi barcha organlar faoliyatini boshqaradi. Chaqaloqlarda asab tizimi nisbatan sust rivojlanishiga qaramasdan, uning asab sistemasi shartsiz tug’ma reflekslarni ta'minlaydi, bir tomondan ovqatlanish, atrof muhit bilan muloqot, himoya vazifasini o'tasa, boshqa tomondan keyinchalik murakkab jarayonningtakomillashuviga asos bo´ladi. Chaqaloqlarda burshar va egatchalarning kalla suyagi va choklar bilan o'zaro bog'liqligi kattalarnikiga nisbatan bir oz boshqacharoq. Markaziy yo'lakcha tepa suyagida joylashgan. Bu yo'lakchaning pastki - lateral qismi kranial - tangachasimon chokdan 1,0 - 1,5 sm joylashgan. Chakka - ensa egati lyambdosimon chokdan 12 mm oldinda joylashgan. Miyaning burshar, egatlari va choklarning tuzilishi 6-8 yoshlarda xuddi kattalarnikidek bo´ladi.

Chaqaloqlarda qadoqsimon tana yupqa, qisqa, bosh miyaning katta yarim sharlari rivojlanishi va kengayishi bilan qadoqsimon tana kranial va kaudal yo'nalishlarda o'sadi, oraliq miyaning bo’shlig’i ustida joylashadi (III qorincha ustida). Katta yarim sharlar rivojlanishi bilan qadoqsimon tana kengligi ortadi (kattalarda 1 sm gacha) qadoqsimon tana aylanasi (valik) 2 sm gacha, komissural asab to'qimalarining ko’payishi bilan bog'liq (kattalarda 200 - 300 ml ).

Bola hayotining birinchi kunidanoq barcha sezgi organlari faoliyat korsatadi. Chaqaloqlarda reaksiyalar nodifferensial xarakterga egaligi va generalizasiyaga moyilligi bilan xarakterlanadi. U yo’ki bu reseptorlar qo'zg'alishi, lokal emas, balki tarqoq reaksiyalarni chaqiradi.

Bolalarda miya, kattalarga nisbatan yaxshi qon bilan ta'minlanadi, bu kapillyar to'rning boyligi bilan tushintiriladi. Miyaning to'liq qon bilan ta'minlanishi, tez o'sayotgan nerv to'qimasining kislorodga bo'lgan yuqori talabini ta'minlaydi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda qon oqimi bosh miyada sekinlashgan, chunki diploid venalar lihildog'larning yopilishidan keyingina hosil bo´ladi. Bu bir yoshgacha bolalarda infeksion kasalliklarda toksik moddalar va buzilgan metabolizm mahsulotlarining akkumulyasiyaga uchrashi natijasida neyrotoksikoz bilan asoratlanishiga moyillik yuqoriligi tushintiriladi. Bunga yana, gemato - ensefalik barerning yuqori o'tkazuvchanligi ham sabab bo´ladi.

Asab sistemasining rivojlanishi bola tug'ilgandan pubertat davrgacha davom etadi. Bosh miyaning eng intensiv o'sishi va rivojlanishi bola hayotining birinchi yiliga to'g'ri keladi. Postnatal davrda asab sistemasining turli bo'limlari har - xil muddatlarda rivojlanishdan to'xtaydi. Birinchi yarim yillikda piramidal yo'llar - ko'ndalang yadrosi shakllanishi tugaydi. Shu sababli mushaklar tarangligi to'xtaydi, tartibsiz harakatlar tartibli harakatlar bilan almashiniladi. Miyacha intensiv o'sadi va hayotining ikkinchi yarim yilligida rivojlanadi, 2 yoshda uning rivojlanishi tugaydi. Miyacha rivojlanishi bilan harakat koordinasiyasi shakllanadi. Asab - ruhiy rivojlanish muammolaridan biri, tartibli koordinasiyalashgan harakatlarning rivojlanishi hisoblanadi. Asosan, po'stlog'ning rivojlanishi, peshona, chakka, tana sohalarining rivojlanishi bilan bog'liq, neyronlar proliferasiyasi bir yilgacha davom etadi.
Bosh miyaning anatomik xususiyatlari:

- Bosh miyaning o'lchami yangi tug'ilgan bolada nisbatan katta bo´ladi (kattalarnikiga nisbatan)

- Yirik burshar va egatlar yaxshi rivojlangan bo´ladi, lekin chuqurligi kichik bo´ladi.

- Mayda egatlar oz, ular bola hayotining birinchi yilligida paydo bo´ladi.

- Peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi, aksincha katta bo´ladi.

- Miyacha yaxshi rivojlanmagan, keng emas, yarim sharlar o'lchami kichik va egatlar yuzaki.

- Yondosh qorinchalar bir oz tortiladi.

- qattiq miya qobig'i chaqaloqlarda yupqa bo´ladi.

- Venoz bo'shliqlar yupqa devorli.

- Chaqaloqlarda miyaning yumshoq va o'rgimchak qobiqlari yupqa, subdural va subaraxnoidal bo'shliqlar kichraygan.

- Miya asosi sisternalari nisbatan yuqoriroq.

- Silviev jo'mragi kattalarnikiga nisbatan keng.

- O'tkazuvchi yo'llar mielinizasiyasi 3 - 5 yoshda tugaydi.

- Lihildoqlarni yopilishi bilan diploid venalar hosil bo´ladi.

- Gematoensefalik barer o'tkazuvchanligi yuqori.

Orqa miyaning anatomik xusisiyatlari.

- Orqa miya tug'ilganda bosh miyaga nisbatan yaxshi rivojlangan.

- Chaqaloqlarda bo'yin va bel kengliklari aniqlanmaydi, 3 yoshdan keyin bilinadi.

- Orqa miya vazni va o'lchami o'sish tezligi bosh miyaga nisbatan sekin kechadi.

- Orqa miya uzunligiga nisbatan sekin rivojlanadi (umurtqa pog'ona uzunligiga nisbatan, shuning uchun orqa miyaning pastki uchi yosh o'tgan sari yuqoriga qarab suriladi, yupqa bo´ladi).



Bolalarda ruhiy - motor funksiyalarning shakllanishi.

Tarbiyaning o'rni, imprinting

Bola hayotining birinchi kunidayog barcha sezish organlari o'z faoliyatini boshlaydi. Chaqaloqlarda farqlanadigan xususiyati shundan iboratki, generalizatsiyaga moyilligi bo'lgan barcha reaksiyalar nodifferensial xarakterga ega. Bir necha reseptorlarni qo'zqatish lokal reaksiyalarni emas, balki tarqoq reaksiyalarni chaqiradi. Etuk tug'ilgan bolada bir qancha tug'ma yo’ki shartsiz reflekslar bo´ladi. Ularga so'rish, yutish, qovog'ini yumish, yo'tal, aksirish, siydik

ajralishi, defekasiya va boshqalar kiradi. Ular organizmning atrof - muhitga moslashuvini ta'minlaydi va bola hayotining birinchi yilida evolyusiyaga uchraydi. Shartsiz refleks shaklidagi tug’ma reaksiyalar bola hayotining birinchi kunlaridayo’q dunyoga kelganini harakterlaydi. Keyinchalik bolaning hayotida orttirilgan reflekslar rol o’ynaydi, organizmning tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirini ta'minlaydi.

Birinchi oyning oxirida, 2 oy boshlarida bolada oddiy, nisbatan turg'un shartli reflekslar shakllanadi.

Quyida rudimentar, tranzitor shartsiz reflekslar keltiirilgan.

1. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo'llarini yonga yozadi keyin xuddi quchoqlaganday birlashtiradi.

Normada bu refleks 4 oyda yo'qoladi.

2. Robinson refleksi: bolaning kaftiga biron narsani berilsa qattiq ushlab oladi. Normada 2-4 oyda yo'qoladi.

3. Kaft-og'iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning tenerlariga bosilganda uning og'zi ochiladi. 3 oyda yo'qoladi.

4. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga qo'llarni qo'yib turilsa, u oldinga harakat qiladi. Normada 4 oylarda yo'qoladi.

5. Kernig refleksi: bolani oyoglari tos son bo'g'imiga to'g'ri burchak ostida bukilganda, bola oyoglarini tizza bo'g'imiga to'liq uzata olmaydi. Normada bu refleks 4 oydan keyin yo'qoladi.

Uchinchi oyning oxirlarida bolada murakkab, differensiyalashgan reflekslar paydo bo´ladi, ular bosh miya po'stlog'ining analizator funksiyasi rivojlanishini ko'rsatadi. Oliy asab faoliyatining taraqqiy etishi, ya'ni shartli reflekslarning yuzaga kelishi, bola hayotining birinchi yilida tez shakllanadi. Kattalarga nisbatan bolalar tashqi muhit bilan shartli bog'liqlarni yengil vujudga keltiradi va ular bolalarda turg'unroq bo´ladi. Bolalar o'zini tutish va ko'nikmalarni tezda o'rganadi va butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Bola hayotida nutq katta ahamiyatga ega. Nutqning shakllanishi bosh miyaning funksional shakllanishi va sensor tizimning funksiyasi tiklanishiga bog'liq. Shuni esda tutish lozimki, nutqning rivojlanishi bolalarning kattalar bilan muloqotda bo'lishi, tarbiyaviy faollikning natijasi hisoblanadi. Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi kun tartibi, unga o'rgatilgan muhim ko'nikmalar, sharoit yaratishdan iboratdir. Bu esa o'z navbatida bolaning jismonan barkamol rivojlanishi, kayfiyati yaxshi bo'lishiga olib keladi. Bola hayotining ikkinchi yilida ruhiy motor va jismoniy rivojlanishi intensivlashadi. Shartli reflekslar bu yoshda tez shakllana boshlaydi. Bolada harakatlar juda faol, o'zini tutishida ijobiy emosiya yaqqol ko'rinadi, ular ko'pgina ovoz va so'zlarni keltiradi, tez - tez va qattiq kuladi, atrofdigilarga qiziqish uyg'otadi. hayotining 2 yoshligi, birinchi yarim yilligida yura boshlaydi, nutq va harakat koordinatsiyasi yaxshilanadi, so'z boyligi ko'payadi.

Ikkinchi yarim yilligida o'ynashni yaxshi ko'radi, bolalar bir - birlari bilan o'ynashga harakat qiladi, kattalarning talablarini bajaradi. O'zini tutishni elementar talablariga o'rganadi. Bola hayotining 3 yoshligida motor ko'nikmalari shakllanishi davom etadi. Atrofdagilar bilan kirishuvchan, nutqi mukammallashadi, ko'proq o'ynaydi.

4 - 5 yoshlarda bolada o'ziga xonlik paydo bo´ladi. Ular faqatgina atrof - muhit ta'sirini emas, balki eshitish yoki kitob o'qish, kattalarni gapirib berganlarini tez eslab qoladilar. Bolalar darslarda jamiyat va tabiat haqidagi ma'lumotlarni yaxshi qabul qilishadi. Shu davrda bola yangi so'zlarni tez eslab qoladi, rasm chizish, musiqani o'rganish, oddiy mehnat ko'nikmalarni bajaradi. Shu bilan birga estetik qabul qilish, jamoat o'rtasida o'zini tutish shakllanadi. Fikrlash rivojlanadi, boshida aniq - realistik, maktab yoshining boshida esa - abstrakt fikrlash paydo bo´ladi. 13-15 yoshlarga kelib fikrlashni yuqori bosqichi tugallanadi.


Bolalar hayotining birinchi yilida motor omillari rivojlanishining o'rtacha muddati va chegaralari


Harakat

Paydo bo'lishning o'rtacha yoshi

Mumkin bo'lgan chegaralar

jilmayishi (tabassum)

5 - hafta

3 - 8 hafta

g'u - g'ulash (gapirish)

7 - hafta

4 - 11 hafta

boshni ushlash

2 - oy

1,5 - 3 oy

qo'llarning yo'naltirilgan harakatlari

4 - oy

2,5 -5,5 oy

ag'darilish

5 – oy

3,5 – 6,5 oy

o'tirish

6 – oy

5,5 – 8 оy

emaklash

7 – oy

5 – 9 oy

erkin ushlash

8 – oy

5,5 – 10,5 oy

Tik turish

9 – oy

6 -11 oy

himoya bilan qadam tashlash

9,5 oy

6,5 – 12,5 oy

erkin (o'zi) to'xtash

10, 5 oy

8 – 13 oy

erkin (o'zi) yurish

11,5 oy

9 - 14 oy


Sog'lom bolalarda harakat aktivligi shakllanish bosqichlari

1 oylikda. Ushlab turganda qisqa vaqtda boshini ushlab turadi. Narsalarga qaraydi va qisqa vaqt davomida ularni kuzatadi.

2 oylikda. Boshini to'g'ri tutadi. Ko'zlari bilan harakatlanayotgan shaxslarni kuzatadi, kulib qaragan shaxslarga jilmayadi, ovoz chiqaradi.

3 oylikda. Boshini va ko'kragini qornida yotib ko'taradi, harakatlari aktiv. Ko'krakni taniydi. Yaqinlarini begonalardan farqlaydi.

4 oylikda. Ko'krakdan qoringa aylana oladi. Narsalarni ushlaydi. Nimagadir (kimgadir), narslarga tashlanadi. qattiq kuladi. O'ynashni yaxshi ko'radi.

6 oylikda. Minimal ushlaganda o'tiradi, qorindan orqaga aylanadi. Narsalarni bir qo'lidan boshqa qo'liga qo'yadi va og'ziga olib boradi. Ayrim xarflarni gapiradi.

7-8 oyliklarida. "Sensor nutq" rivojlanadi. Emaklaydi. Narsalarni ag’daradi, "ona", "baba" so'zlarini gapiradi. O'yinchoqlarni bir qo'lidan ikkinchisiga beradi.

12 oy. Tik turadi, ushlab turganda yuradi, 8-10 so'zni biladi. 2 ta narsani ushlaydi. So'raganda o'yinchoqlarni uzatadi. Oddiy harakatlarni bajaradi. Ovozni biladi, so'zlarni takrorlaydi.

18 oylikda. Yugurishi mumkin, ko'tariladi va zinapoyalarga ko'tarilishi mumkin. O'zi ovqatlanadi. Oddiy gaplarni gapiradi.

2 yosh. Tanish suratlarni biladi, narsalar haqida so'raydi, ularni nomini aytadi, uy ishlariga qiziqadi. O'zini o'yinchoqlarini taxlaydi. Ertaklar eshitadi. Zinapoyalardan ishonchli ko'tariladi.

3 yosh. Zinalarda yuradi. Bir oyogda qisqa vaqtda turadi, 3 - hildirakli velosipedda yuradi. Eshikni ochadi. "Nimaga" yoshi deyiladi. Sakraydi, o'ynaydi, rasm chizadi.

4 yosh. Joyida sakraydi, aylana chizadi. Asosan 6 ta asosiy ranglarni, familiya, ismi, yoshi, jinsini biladi. Boshqa bolalar bilan o'ynaydi. So'zlarni grammatik to'g'ri tuzadi. Chet tillarini bilishga qobiliyati katta.

5 yosh. Bir necha bosh harflarni yozadi, rasm chizadi, botinkasini ipini bog'laydi. Rasmlarni chizadi.
Bola ruhiyatining shakllanishi 4 bosqichga bo'linadi

Birinchi bosqich - motor, bola hayotining birinchi yilida motor ko'nikmalarni bilish bilan xarakterlanadi.

Ikkinchi bosqich - sensor, bir yoshdan uch yoshgacha davom etadi. harakatlar psixomotor xarakterga ega, ya'ni bilib harakat qiladi. Sensomotor rivojlanish

barcha ruhiy funksiyalarni shakllanishida baza hisoblanadi, jumladan qabul qilish, e'tibor, maqsadli harakat, fikrlash va tan olish.



Uchinchi bosqich - affektli davr, uch yoshdan un ikki yoshgacha davom etadi. Shaxsiy doimiy xarakterdagi muloxazalarga ega.

Tortinchi bosqich - ideatorli davr (12 - 14 yosh). Murakkab tushuncha shakllanadi, tushunish, izoh berish, aqlni jamlash yuzaga keladi. Bolalar fikrlarini

oldindan rejalashtiradilar. Fikrlashlari abstraktli bo´ladi. Shaxs shakllana boshlaydi.

Bola hayotining alohida davrlarida ruhiy buzilishlar va kasalliklar paydo bo'lishiga moyillik yuqori bo´ladi. Bu davrlar krizis deb ataladi.

Krizisning 2 xili mavjud: 2-7,5 yoshda va 12-15 yoshda.

Birinchi krizisda - parapubertat davrda ruhiy va jismoniy sifatlar hayot bilan ta'minlovchi tuzimlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Bu yoshdan ruoiy sferaning qisman og'rikli holatlari boshlanadi.

Ikkinchi krizis - pubertat davr - ichki sekresiya bezlarining hayta tiklanishi bilan bog'liq bolalar tez o'sadi, jinsiy metamorfoz kuzatiladi. Bu davrda bolalarni jaxli tez chiqadi, alohida e'tibor talab qiladi.

Imprinting - darrov xotirasida saqlab qolish mexanizmi, bunda birinchi esda tutish ta'sir etish harakterini aniqlaydi, keyinchalik hayoti va organizm faoliyatiga ta'sir qiladi. Uning o'rni uzoq vaqt davomida bolaning asab ruhiy rivojlanishida yetarlicha o'rganilmagan. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, imprinting bolaning asab - ruxiy shakllanishida va kelajakdagi xatti - harakatlarida, uzoq yillar davomida aniqlanadi.

Bolaga ona tomonidan parvarish keyinchalik jamiyatda o'z o'rnini egalashda asosiy hisoblanadi. Bolani harakteri va hatti - harakati, ayniqsa maktab yoshida, ularni bolaligida kim parvarishlaganiga ham bog'liqdir.

Atrof - muhit sharoiti, tarbiyasi va turli - xil kasalliklar bolada oliy asab faoliyatining normal rivojlanishini orqada qoldirishi mumkin, shuning uchun umumiy amaliyot shifokori ota - onalarga bolani barkamol tarbiyasi haqida maslahat berishlari kerak.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin