Darhaqiqat, 2002- yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda


Tashkilotda tegishli qo ‘llanmalarni ishlab chiqish



Yüklə 178,63 Kb.
səhifə14/19
tarix24.05.2022
ölçüsü178,63 Kb.
#59281
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O\'g\'iloy diplom ishi

Tashkilotda tegishli qo ‘llanmalarni ishlab chiqish. Ushbu standart tashkilotning muayyan ehtiyojlariga kerakli qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun tayanch nuqta sifatida baholanishi kerak. Ushbu standartda keltirilgan yo‘riqnomalar va tadbirlaming hammasi ham qo‘llashga yaroqli bo‘lavermaydi. Bundan tashqari, ushbu standartga kiritilmaganqo‘shimcha choralar kerak bo‘lib qolishi mumkin. Bu holda auditorlar va biznes bo‘yicha sheriklar tomonidan o‘tkaziladigan muvofiqlik tekshimvini yengillashtiradigan, bir vaqtda bir necha tomondan qilingan havolalaming saqlanishi foydali bo‘lishi mumkin.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISHNING DAVLAT TIZIMI



    1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi.

    2. Axborotni muhofaza qilish sohasida litsenziyalash va sertifikatsiyalash.

    3. Yetakchi chet el mamlakatlarida axborotni muhofaza qilish tizimlari.

Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo‘llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy, tashkiliy-boshqaruv va me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ichki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo‘naltirilgan.


    1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi


Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni muhofaza qilish sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash nimtizimini, axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini, kadrlarni tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish tizimlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizimdir.
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi qonun, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Aloqa to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun

«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun;

  • «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.

Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:

  • yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlash va tashkil etish;

  • razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik;

  • axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

  • axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning samaradorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish;

  • davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini nazorat qilish;

  • axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash;

  • axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalishlarini aniqlash;

  • axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni me’yoriy-metodaxboriy ta’minlash.

    1. Yüklə 178,63 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin