Darhaqiqat, 2002- yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda


Axborotni muhofaza qilish tushunchasi



Yüklə 178,63 Kb.
səhifə17/19
tarix24.05.2022
ölçüsü178,63 Kb.
#59281
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O\'g\'iloy diplom ishi

Axborotni muhofaza qilish tushunchasi

axborot xavfsizligi tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq.


Tor ma’noda axborotni muhofaza qilish deganda axborotni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonida uning xavfsizligi (konfedensialligi va butunligi)ni ta’minlashga qaratilgan tadbirlar va harakatlar majmui tushuniladi. Bu ta’rif axborotni muhofaza qilish va axborot xavfsizligi tushunchalarining bir-biriga yaqin ekanligini bildiradi.
Axborot xavfsizligi – bu uzatiluvchi, yig‘iluvchi va saqlanuvchi axborotning xususiyati (holati) bo‘lib, uning tashqi muhit (inson va tabiat) va ichki tahdidlardan himoyalanganlik darajasini xarakterlaydi.
Axborotni muhofaza qilish keng ma’noda axborot xavfsizligiga tahdidni oldini olish va ularning asoratlarini yo‘q qilishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy va texnik choralar kompleksini bildiradi.
Axborotni muhofaza qilish axborotga bo‘lgan salbiy ta’sir manbalarini hamda sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ma’nosini anglatadi. Bu manbalar axborot xavfsizligiga tahdidlarni tashkil etadi.
Axborotni muhofaza qilish quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tahdidlarning oldini olish;

  • tizimli tahlil va nazorat orqali real va ehtimoli katta bo‘lgan tahdidlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida oldini olish choralari;

  • aniq tahdidlar va jinoiy harakatlarni aniqlash maqsadida tahdidlarni topish;

  • jinoiy harakatlarni bartaraf etish, shuningdek aniq jinoiy harakatlarni hamda tahdidlarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;

  • tahdid va jinoiy harakatlarning oqibatlarini yo‘q qilish va mavqeini saqlash.

Ushbu barcha usullarning maqsadi axborot resurslarini noqonuniy Axborotni muhofaza qilish vositalari – bu axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etish uchun foydalaniluvchi muhandislik-texnik, elektr, elektron, optik va boshqa qurilma vositalar to‘plamidir.
Axborotni muhofaza qilishning kadr va resurs ta’minoti. Davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotni muhofaza qilishni tashkil etuvchi kadrlar tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Tashkilot va bo‘linma rahbarlari.

  2. Axborotni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus komissiyalar.

  3. Yagona xavfsizlik xizmati tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan bo‘linmalar.

Boshqa sohalar kabi axborotni muhofaza qilish sohasi ham kadrlar tayyorlashdan tashqari moddiy, iqtisodiy va axborot resurslari bilan ta’minlanishi kerak.
Moddiy resurslar axborotni muhofaza qilishda maxsus ahamiyatga ega. Unga maxsus ajratilgan bino, maxsus qurilmalar, qabul qilingan me’yorlar asosida attestatsiya qilingan kompyuter va orgtexnika, apparat vositalari, dastur vositalari, axborotni muhofaza qilish vositalari va boshqalar.
Axborot resurslari – bu tashkilot miqyosida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha optimal boshqaruv yechimlari qabul qilinadigan axborot. Unga quyidagilar kiradi:

    • huquqiy axborot (xavfsizlik muammolari bo‘yicha me’yoriy baza);

    • tijorat axborotlari (ishlab chiqariladigan mahsulot va unda axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida axborot);

    • ilmiy-texnik axborot (xavfsizlik bo‘yicha mamlakat va chet el davlatlari siyosati haqida axborot);

    • ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonlari bo‘yicha axborot;

    • tashkilotning axborot xavfsizligi holati, unga tahdidlar bo‘yicha axborot-tahliliy faoliyat natijasida olingan tahliliy axborot.

Moddiy resurslar. Axborotni muhofaza qilishni loyihalashtirishni, uni ishga tushirishni moddiy ta’minotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu ish murakkab sharoitlarda amalga oshiriladi: xavfsizlik sohasida raqobatchilik, xizmat ko‘rsatuvchining kam xarajat qilib ko‘p foyda olish istagi, xavfsizlik bo‘yicha sifatsiz ishlarni amalga oshirishi va hokazo.
Axborot xavfsizligi uning egalari tomonidan himoyalanuvchi axborotning tarqab ketish, buzilish, yo‘q qilish va modifikatsiya qilishni oldini olish maqsadiga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ifodalaydi.

Yüklə 178,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin