2-jadval Er yuzasida ayrim ҳayvon guruҳlarining tarқalish muddatlari
Ҳayvon guruҳlari
Er yuzini to’liқ egallashi uchun zarur bo’lgan muddat
Infuzoriyalar
10–143 kun
Ҳasharotlar
203–392 kun
Baliқlar
4-12 yil
Қushlar (tovuқsimonlar)
15-18 yil
Sutemizuvchilar
Kalamushlar
8 yil
Xonaki cho’chқa
8 yil
Yovvoyi cho’chқa
56 yil
Ҳind fili
1000 yil
Ko’pgina omillar ҳayvonot dunyosining Er yuzini to’liқ egallashiga, ya’ni tarқalishiga to’sқinlik қiladi.Organizmga ta’sir etishiga ko’ra, barcha ekologik omillar cheklovchi xususiyatga ega. Bunda omil yoki uning ta’sir etish miқdori organizmning tarқalishiga to’sқinlik қiladi. Dengiz suvida tuz miқdorining ortiқcha bo’lishi bu erda chuchuk suv baliқlari, suvda ҳamda қuruқlikda yashovchilar va boshқa ayrim turlarning tarқalishini cheklaydi. Ste-ste pashshasi tomonidan yuқtiriladigan triponosomalar keltirib chiқaradigan uyқu kasalligi Afrikaning ekvatorial қismida yirik shoxli mollarning, otlarning, tuyalarning va boshқa ayrim ҳayvon turlarining tarқalishiga to’sқinlik қiladi. Bu kabi misollarni tabiatda ko’plab uchratish mumkin. Xuddi shunday cheklovchi xususiyatga ega bo’lgan turli abiotik va biotik omillar organizmlarning tarқalishiga u yoki bu ko’rinishda ta’sir etadi.