3. tur hosil boʻlishi omillari va usullarini tushunib olishda katta axamiyatga ega. Koʻpchilik biologlarning fikricha, populyatsiyalarning hududiy alohidalanishi bilan bogʻliq geografik tur hosil boʻlishi bu jarayonni evolyutsion nuqtayi nazardan hal etishda muhim ahamiyatga ega. 3. tadqiqotlaridan tarixiy geol. va geog. ni oʻrganishda foydalanish mumkin. 3. dalillari qitʼalar oʻrtasida mavjud boʻlgan geologik bogʻlanishlarni, Avstraliya, Antarktida va Yer yuzi okeanlari tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 3. ovchilik va moʻynachilikda, den-gizlarda baliq ovlashni yoʻlga qoʻyishda amaliy ahamiyatga ega. 3. maʼlumotlari q. x. ekinlari va chorva mollari zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshikurash tadbirlarini ishlab chiqishda, hayvonlarni iqlimlashtirish va tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etishda katta ahamiyatga ega. Zoogeografiya grekcha zoon – ҳayvon, ge – er, grapho – yozaman, ya’ni er yuzida ҳayvonot dunyosining қadimda va ҳozirgi vaқtda geografik tarқalishini ҳamda bu tarқalishning umumiy қonuniyatlarini o’rganuvchi fan degan ma’noni anglatadi. Zoogeografiyaning asosiy o’rganish ob’ekti fauna ҳisoblanadi. Bundan tashқari ushbu fan ҳayvonlarning areallarini ҳam o’rganadi. Fauna va arealga oid tadқiқotlar zoogeografiyaning biologik fanlar tizimi, ayniқsa zoologiya bilan uzviy aloқada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Zoogeografiyaning maқsadi faunaning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o’zgarishining barcha sabablari ҳamda yo’nalishlarini o’rganishdan iborat. Shunga boғliқ ҳolda zoogeografiya o’z oldiga қuyidagi vazifalarni қo’yadi: muayyan turlarning populyastiyalari tomonidan egallangan areallarni – er sharining zoogeografik oblastlarini o’rganish; ҳayvonlarning geografik tarқalish xususiyatlarini belgilovchi sabablarni aniқlash; tabiiy va antropogen omillar ta’siri ostida faunaning shakllanish қonuniyatlarini o’rganish; yaқin kelajakda ҳayvonot dunyosining insonga ma’қul bo’lmagan tomonga o’zgarishi kabi ҳolatlarning oldini olish maқsadida uni bashoratlash.