Dars ishlanmasi buxoro-2022


Kontur metodi – tur arealining chekkalari nuqtalar bilan belgilanib, chiziqlar bilan tutashtiriladi, keyin shu areal shtrix chiziqlar bilan bo’yaladi



Yüklə 306,46 Kb.
səhifə2/14
tarix24.11.2022
ölçüsü306,46 Kb.
#70296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
REFERAT

Kontur metodi – tur arealining chekkalari nuqtalar bilan belgilanib, chiziqlar bilan tutashtiriladi, keyin shu areal shtrix chiziqlar bilan bo’yaladi.

  • Formal kvadrat metodi – yaxshi o’rganilgan turlar uchun mos keladi. Belgilangan areal bo’yab chiqiladi. Ayni vaqtda bu usul qo’pol chiqadi.

  • Shtrixlash metodi – arealni turli xil shtrix chiziqlar (qalin, siyrak, qiyshiq, to’g’ri) bilan belgilash

  • Nishon-belgi qo’yish metodi – areal br rangning turli formasi bilan bo’yaladi (to’q qizil, qizil, och qizil va hokazo)

    Areallarni uzunlik (okeandan ajralish darajasi), kenglik (zonal tarqalish) va balandlik (vertikal zonallik) kabi tiplari bor.
    Areallar turlicha o’lchamda bo’ladi: bir necha kv.km dan tortib, butun bir oblast yoki Yer sharining barcha qismi bo’lishi mumkin. Bazan tur areali geografik oblastlar tufayli chegaralanib qoladi. Masalan endemiklar. Endemiklar orollarda, tog’ g’orlarida, tog’li hududlarda tarqalgan. Areali tor bo’lgan hayvonlar – boyqush to’ti Strigops habrptilis Yangi Zelandiyaning buk o’rmonlari, Amazona urug’i turlari Vest Indiya orollarida tarqalgan. Gavayi nektarxo’r qushlari – svetochnitsalar Gavayi orollarida yashaydi. Barcha tor areallar endemiklar uchun xosdir.
    Yer yuzi bo’ylab keng tarqalgan yoki Yer yuzining barcha qismlarida yashaydigan hayvonlar – kosmopolitlar deb ataladi. Kosmopolit hayvonlarga uy sichqoni, kalamush, kasha lot Physeter, delfin Grampus griseus, kosatka Orcinus orca, lochin Falco peregrinus misol bo’ladi.
    Sistematik birlikka qarab areal hajmi ham kattalashsadi, tur areali populyatsiyanikidan, urug’ areali turnikidan katta bo’ladi va hokazo.
    Areal turlari

    1. Sirkumpolyar – aylana. Yuqori kengliklarda yashovchi hayvonlar uchun xos. Masalan – oq ayiq, pesets, shimol bug’usi, arktika qushlari

    2. Sirkumboreal – shimoliy yarimsharni janubiy qismlarida yashovchi hayvonlar uchun xos. Masalan – tayga hayvonlari: los, rosomaxa, lochinsimon boyqush

    3. Tropikopolit – Yer sharining tropik qismlarida tarqalgan hayvonlar uchun xosdir. Masalan to’tiqushlar. Tropikopolit tushunchasi yuqori sistematik birliklar – oila va turkumlar uchun xos bo’lib, tur arealiga mos kelmaydi.

    4. Lentali yoki chiziqli areallar – ekologik faktorlar tufayli areal cho’ziladi. Bu suv havzasi yaqinida yashovchi va suv hayvonlari uchun xosdir. Masalan – Amudaryo va Sirdaryo suvlarida yashovchi soxtakurakburunlar – Pseudoscaphirrhunchus baliqlari

    5. Qo’shilgan yoki yopishgan areallar – bir turning areali boshqa turning arealiga mos keladi. Bu holat turlar o’rtasidagi ekologik munosabatlar asosan ozuqa munosabatlarida yuzaga keladi. Masalan – parazit-xo’jayin, xo’jayin-hamtovoq, yirtqich-o’lja, fitofag hayvon-ozuqa o’simligi yani jigar qurti-tuyoqli sutemizuvchilar, sher-zebra, turong’il tasmaqanot tunlami – turong’il



    Yuqorida ko’rib o’tilgan areallar yaxlit areallar hisoblanadi. Yaxlit arealda bir xil sharoit mavjud. Ch.Darvin tur monofiletik usulda paydo bo’ladi. Keyinchalik uning populyatsiyalari boshqa hududlarga o’tadi va areal kengayadi deb aytib o’tgan. Shuning uchun yaxlit areal birlamchi areal deyiladi.
    Ba’zan qismlarga bo’lingan areallar – dizyunktiv yoki uzuq-yuluq areallar ham uchraydi. Chunki areal – quruqlik yuzasi yoki suv havzasi 2 ga bo’linib qolishi mumkin (tabiiy yo’l bilan). Natijada turning populyatsiyalari orasida to’siq yuzaga keladi. Turli xil sabablarga ko’ra, areallar qismlarga bo’linadi yoki ajraladi. Masalan areal yaxlit bo’ladi, ammo tur shu arealning ma’lum bir qismlarida – orolcha ko’rinishida hududlar hosil qilib tarqaladi. Bunday areallar qismlarga ajralgan yoki fragmentizatsiyalangan areallar deyiladi. Misol o’rmonlar kesilishi natijasida turlarning ayrim massivlarda saqlanib qolishi.
    Shuningdek, materikaro va okeanaro ajralish ham mavjud. Bunday ajralishning sabbi o’rtada ulkan geografik to’siq – okean bo’ladi. Ammo ekologik shart-sharoit tufayli hosil bo’lgan bunday ajralish hayvonlar yashashi uchun qulaylik tug’diradi. Areallarning ajralishi istalgan sistematik birliklarda ko’rinadi. Birlamchi traxeyalilar – Markaziy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Himolayda, Zond orollarida, Avstraliyada, Yangi Zelandiyada tarqalgan. Tuyalar oilasining Eski Dunyodagi vakillari o’rkachli tuyalar bo’lsa, Janubiy Amerikadagi vakillari lamalardir. Tapirlarning bir necha turi Markaziy va Janubiy Amerikada, 1 turi Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashaydi. Ko’k zag’izg’on yoki hakkaning 1 kenja turi Ispaniyada, yana bir kenja turi Uzoq Sharqda hayot kechiradi.
    Materikning o’zidagi areallarning ajralish sababi bahs-munozaralarga sabab bo’lgan. Masalan politopik yoki ologenez nazariyasi. Bunga ko’ra bir arealning bir necha qismlarida o’xshash turlar paydo bo’ladi (Antievolyutsion g’oya).
    Hayvonlar suv oqimi, kuchli shamol va uchib ketuvchi qushlar, ko’chib yuruvchi hayvonlar orqali ham tarqaladi. Binobarin, arealning ajralishi, iqlim o’zgarishi, turlar o’rtasidagi raqobat, geomorfologik qayta tuzilish, antropogen omillar ta’sirida ham kuzatiladi. Shimoliy yarimsharda areallarning ajralishiga muzlik davri ham sabab bo’lgan. Bunga arealning muzlik tufayli ajralish deyiladi. Muzlik tufayli turlar areali fragmentatsiya holatiga kelgan. Yevropa va Uzoq Sharqda saqlanib qolgan, Sibir hududida esa yo’qolgan.
    Yevropa-Uzoq Sharq ajralishi – ko’k zag’izg’on, Bombinator urug’iga mansub jerlyankalar, gorchak va vyun baliqlari, Unio urug’iga kiruvchi ikkipallali mollyuskalar uchun xosdir. Muzlik tufayli ajralishning yana bir turi Arkto-Alp ajralishi hisoblanadi. Uning Arkto-Alp va Boreo-Alp kabi turlari mavjud. Har ikki holatda ham tur Yevropaning shimoliga qarab keng tarqaladi. Ular Yevropaning tog’lari, Alp zonasi bian chegaralanadi. Belyak tovushqoni, tundra quri, uchbarmoqli qizilishton, qorayaloq Turdus torguatus, perlamutrovka kapalagi – Clossiana titania misol bo’ladi.
    Agar arealning shimoliy qismi tundraga to’g’ri kelsa, Arkto-Alp ajralishi deyiladi. Masalan tundra quri. Arealning shimoliy qismi taygaga to’g’ri kelsa Boreo-Alp ajralish deyiladi. Masalan –uchbarmoqli qizilishton
    Bu holat to’rtlamchi muz bosish davri bilan bog’liq. Hozirgi arealning shimoliy qismi yangi areal, janubiy – tog’li qismi relikt areal hisoblanadi. Belyak tovushqoni va tunfra quri muzlik reliktlari deb ataladi.
    Areal ajralishining yana bir turi – tog’lar tufayli ajralishdir. Bunga serna misol bo’ladi. Uning alohida populyatsiyalari alohida-alohida Pireney, Alp, Bolqon, Kavkaz tog’larida yashaydi, ammo bir-biri bilan aloqada bo’lmaydi. Tog’ echkilari Capra urug’i turlari Janubiy Yevropa, Kichik va O’rta Osiyo, Kavkaz, Himolay, Janubiy Sibir, hatto Efiopiyada ham uchraydi.
    Qit’alararo va okeanlararo ajralishlar yuqori sistematik birliklar uchun xosdir. Bazan turli materiklarda bir turning kenja turlari areallari joylashishi mumkin. Ajralishning yana quyidagi turlari bor:


    1. Yüklə 306,46 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin