Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 47 Kb.
tarix06.04.2022
ölçüsü47 Kb.
#54841
1 sinf a va o unlilari mavzusida dars


DARS ISHLANMASI (KONSPEKT)

Dars sanasi:_________ Sinf: ___

Fan nomi: Ona tili

Dars mavzusi: A va O unlilari

Dars maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish

Dars turi: aralash

Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shundan bilursankim ilm bepoyon.

Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi

Harflarni yozish o’rgatiladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

A va O unlilari haqida tushuncha berish

Harflarni bog’lab yozishni mashq qilish

11 – 12 mashqni bajarish

Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




2 minut

6-bosqich

Uyga vazifa

13-mashq 10 -bet

izlanish

1 minut

Darsning borishi:

1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.

1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?


  1. O’zbek tilida nechta tovush bor?

  2. Unli harflar nechta?

  3. O’zbekiston poytaxti qaysi shahar?

  4. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  5. Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz?



III. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

Mavzuga oid mashqlar bajariladi.

a, e, I, o, u, o’ – unli tovushlarni ifodalovchi harflar


11-mashq. So’zlarning birinchi bo’g’inidagi a tovushini talaffuz qiling

Baho, bahor, davlat, jahon, javon, hammom, havo, Shavkat.

12-mashq. Nuqtalar o’rniga a yoki o unlisini qo’yib o’qing

Qovoq, qarmoq

Tovoq, barmoq

O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi.

Dam olish daqiqasi



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

O’quvchilar yozgan matnlarini o’qib beradilar. Ularning fikri umumlashtiriladi. Savollar orqali mavzu mustahkamlanadi.


. V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa. 13-mashq.
Yüklə 47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin