I. Darsning borishi: a)salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Berilgan gap tarkibidagi fe'llarni aniqlang. Ularni tarkibiy qismlarga ajrating.
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog'lar. (Muqimiy) 2-topshiriq. Bu fe'llardagi buyruq-istak ma'nosi qaysi qo'shimchalarni qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan?
BILIB OLING. Harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma'nolarini bildirgan fe'l shakli buyruq-istak mayli shakli sanaladi. Buyruq-istak mayli shakllari fe'l asoslariga quyidagi qo'shimchalarni qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin, -gin (-kin, -qin), -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)nglar. 234-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating. Qaysi mayl shaklida ekanligini va ularning qanday qo'shimchalar yordamida hosil bo'lganini ayting.
1. Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: — Dada, keling, uxlaylik. (Olmos) 2. Qani endi, hamma ham shunday g'alabalarga erishsa. (Abdulla Qahhor) 3. Koshki edi, o'sha tog'ga men ham borsam. (Abdulla Qahhor) 4. Kel, do'stim, yuragimni senga ochay. (Said Ahmad) 5. Hayot saboqlarini o'rgangin, chunki hayotni o'rganish zarur. (Omon Muxtor) 235-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarning qaysi mayl shaklida ekanligini va ularning qanday qo'shimchalar yordamida hosil bo'lganini ayting.
1. Ikkalang ham og'zingni ochmay, jim o'tirgin. (Cho'lpon) 2. Qani, qo'lni bering, bir tabriklab qo'yay,-dedi zavqi oshib. (X. To'xtaboyev) 3.Yaxshilik qilsang, oxirigacha yaxshilik qilgin, zinhor minnat qilma. (Said Ahmad) 4. Kun bo'yi g'aflat bosib uxlama, sergak bo'l. (Omon Muxtor) 5. Qo'lingni ochiq tutgin, boshingni g'oz tut. (Said Ahmad)