228-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarni toping va qaysi mayldaligini aniqlang.
1. Zebi yuragida tugilib yotgan zo'r tugunni yechib yuborgan edi. (Cho'lpon) 2. Koyima, qizim, — dedi ona, — o'rtog'ingni quruq jo'natmaymiz. (Cho'lpon) 3. Puch yong'oq bilan qo'yin to'lg'azma. (Maqol) 4. To'qlikda ochlikni o'yla, boyiganda muhtojlikni. (Maqol) 5,Odamlar seni bilmasa ham, sen odamlarni bil. (Asqad Muxtor) 24-mashq. Kelasi va hozirgi zamon shaklidagi fe'llar ishtirok etgan 3 ta gap tuzing. Ularning farqini tushuntiring. Qanday qo'shilmalar orqali hosil bo'lganligini yodda tuting.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa. VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: _________________ « Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
Sana: ___________ _________ Soati______ 76-dars XABAR MAYLI Darsning maqsadi: ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: – darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.