Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan fe'llarni xabar, buyruq-istak, shart ma'nolarini ifodalovchi guruhlarga ajrating.
O'ynadim, o'yna, o'ynayapman, o'ynaylik, o'ynagin, o'ynama, o'ynasam, o'ynasang, o'ynasa edi.
2-topshiriq.Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating. Buyruq-istak va shart ma'nolarini bildiruvchi qo'shimchalarni aniqlang.
Aytdim, ayting, aytay, aytsin, aytsam, aytsang, aytsa.
BILIB OLING. Fe'l ifodalagan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma'nolarini ifodalovchi fe'l shakllari mayl shakllari sanaladi. Fe'llarning uchta mayl shakli mavjud: 1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli.
226-mashq. Fe'llarni toping, qaysi mayldaligini aniqlang.
1. Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish uchun yashayapman. 2. Inson qanchalik uzoq yashasa, yana shuncha ko'proq yashagasi keladi. 3. Qarilikdan qo'rqma, unga hali yetish kerak. 4. O'n olti asr oldin toshga o'yib bitilgan O'rxun bitiklarini o'qing. (Asqad Muxtor)