Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu l-topshiriq. Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qaysi zamon shaklida ekanini aniqlang.
Labihovuzning bahorini ko'rganmisiz? Yo'qsa, so'ylab berayin. Buxoroga bahor erta keladi. Ilk bahor kunlaridanoq quyosh kiftni kuydiradi, mitti yaproqlardagi bo'yoqlarni shimiradi, binolar devori kun-bakun oqara boradi. Shamol xuddi kuzdagidek chang-u g'uborni qo'zg'ab, telbalarcha har yon yuguradi. O'riklar oppoq gullaydi. akatsiyalar o'z shoxlarini bezaydi... (Omon Muxtor)
2-topshiriq. 1-topshiriqda berilgan fe'llarning asoslariga -yapti, -yotir, -moqda qo'shimchalarini qo'shing, ular ishtirokida gaplar tuzing.
3-topshiriq. Berilgan so'zlar ichidan o'tgan zamon fe'llarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ko'rgan ekan, ko'ribdi, ko'ryapman, ko'rishmoqchi, ko'rmoqchi edim, ko'rar ekan, ko'rajakman, ko'ryapmiz, ko'rmoqchiman, ko'rdik, ko'rdingmi, ko'ryapsiz.
4-topshiriq. Kirmoq, bermoq, kelmoq, oqarmoq, yetmoq, gullamoq, bezamoq, gapirmoq fe'llarini har uchala zamon shaklida qo'llang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa 6 - topshiriq