BILIB OLING. Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe'llari bilan kelganda orzu-istak ma'nosini bildiradi. -sa edi shakli ba'zan -saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Shart mayli shakli kerak so'zi bilan kelganda taxmin-gumon ma'nosini bildiradi.
244-mashq. Gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga shart mayli qo'shimchasini qo'ying, so'ng unga shaxs-son qo'shimchalaridan mosini qo'shing.
1. Odam bo'laman de..., kamtarlikni odat qil. 2. Agar kishi halol mehnat qil..., u shon-shuhrat qozonadi. (Pol Lafarg) 3. Agar do'stim ko'p bo'lsin de..., hech kimga dushmanlik qilma. («Hikmatnoma»dan) 4. Ko'z yoshi to'kib ariq qazi..., kulib-kulib suv ichasan. (Maqol) 5. Yomg'ir tezroq tin... edi, suvoqni yakunlar edik. (Yo'ldosh Sulaymon) IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa 6 - topshiriq VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________________________
84-dars « Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
Sana: ___________ _________ Soati______ Mavzu: SHAXS-SON SHAKLLARI
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;