Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Gaplardagi fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.
Olim bo'lsang, olam seniki. (Maqol) Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam, dilim.
2-topshiriq. Fe'l tarkibida kelgan -sa qo'shimchasining qanday ma'no ifodalashini ayting.
BILIB OLING. Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo'lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe'l shakli shart mayli shakli sanaladi, u -sa qo'shimchasi yordamida yasaladi.
243-mashq. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridan olingan o'gitlarni ko'chiring. Shart maylidagi fe'llarning tagiga chizing.
1. Odam qahrlansa, bilimsiz bo'ladi, jahl kelsa, aql ketadi. 2. Kimki farog'atli kunni istasa, u fe'l-atvorini sozlashi, to'g'rilik va rostlikni tanlashi lozim. 3. Botirlar qo'liga qilich tutgudek bo'lsa, yov titroqqa tushadi. 4. Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo'ladi.