Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Buyruq-istak ma'noli fe'llarni ajratib yozing.
Pishdi, topshirmoqda, uch, uching, ko'r, ko'rgin, o'tir, o'tiring, o'tiringlar.
2-topshiriq. Ko'r bilan ko'rgin o'rtasidagi o'xshashlikni izohlang.
BILIB OLING. Fe'lning zamon, shaxs-son qo'shimchalarisiz qismi II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma'nosini kuchaytirish uchun -gin qo'shimchasini qo'shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma'nodosh sanaladi. 238-mashq. Berilgan uch qatordagi fe'l shakllari o'rtasidagi ma'no farqini aniqlang.
Ke
keling
kelinglar
Ol
oling
olinglar
Ot
oting
otinglar
239-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating.
1. Hali dalada boshlangan gapni davom ettiraylik. (Oybek) 2. O'rtoqjonlar, qani, tezlataylik. Shu bugundan qolmasin. (Rahmat Fayziy) 3. Ufqlarda sayr etgin mudom, Quyosh kelib suvga cho'kkanda. (Hamid Olimjon) 4. Dasta-dasta gullar keltirsin, Sho'x va quvnoq do'stlarga buyur. (Hamid Olimjon) 5. Do'stlar, ishonch bilan kutingiz bizni, hech qachon bizlardan umid uzmangiz. (Uyg'un)