Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Berilgan so'zlarni so'roqlariga ko'ra guruhlarga ajrating. Qanday so'roqqa javob bo'layotganligi va ma'nosini ayting.
Ota, uka, kishi, o'roq, ketmon, paxtazor, olmazor, choyxona.
2-topshiriq. Berilgan so'zlarni atoqli va turdosh otlarga ajrating. Har ikki guruhdagi otlar bildirgan shaxs va o'rin-joy ma'nosining bir-biridan farqini ayting.
Jo'ravoy, tog'a, xola, Salim, tikanzor, ko'mirxona, Termiz, Nukus, Zomin.