Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Nima? so'rog'iga javob bo'luvchi hayvon, o'simlik, mehnat qurollari, kiyim-kechak nomlarini ayting.
BILIB OLING. Nima? so'rog'iga javob bo'lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga narsa otlari deyiladi.
299-mashq. Matnni o'qing. Narsa otlarini aniqlab, ularga ta'rif bering.
Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga tushdi. Ukasining so'rog'ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi...
«Hashtak-pashtak»ni eshitib, O'rinboyning esiga onasi tushdi. Bog'larida bir tup subhoni o'rik bo'lardi. Shu o'riklar burunning qoniday bo'lib qizarib pishganida onasi go'shtini danagidan bitta-bitta ajratardi-da, keyin danagini chaqib, yana go'shti orasiga tiqib juftlagach, oftobga yoyib quritardi. Qishda og'zingizga solsangiz, xuddi mag'izli holva yeganning savobini topardingiz... (Turg'un Po'lat)
300-mashq. Berilgan otlarni hayvon, o'simlik, oziq-ovqat, kiyim-kechak, idish-tovoq, ish qurollari, osmon jismlari kabi ma'no guruhlariga ajrating.
Arslon, boychechak, sho'rva, ko'ylak, do'ppi, bo'ri, qozon, go'sht, pichoq, qoshiq, tesha, palto, tulki, arra, bolta, chuchvara, ketmon, choynak, piyola, rayhon, yalpiz, oy, yulduz, quyosh, sher, ayiq, lola, palov, shim, cho'mich.
1. Narsa otlari deb nimaga aytiladi?
2. Ularni qanday guruhlarga ajratish mumkin?
3. Narsa otlari shaxs otlaridan nimasi bilan farq qiladi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Dostları ilə paylaş: |