Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'zlarni tub va yasama otlarga ajrating. Yasama otlarning qanday yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalganini ayting.
Dada, saroy, ishchi, ijodkor, paxtakor, aravasoz, yo'lsoz, tilshunos, g'azalxon, yurtdosh, quroldosh, kaptarvoz, majlisboz, o'quvchi, boshlovchi, shaharlik, samarqandlik.
BILIB OLING. Shaxs otlarining bir guruhi asosga -chi, -soz, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -vchi, -lik qo'shimchalarini qo'shish yordamida yasaladi. -vchi qo'shimchasi i unlisi bilan tugagan fe'llarga qo'shilganda i unlisi u shaklida, a bilan tugagan fe'llarga qo'shilganda a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Undosh bilan tugagan fe'llarga -uvchi shaklida qo'shiladi: quruvchi, suzuvchi.
Dostları ilə paylaş: |