ESDA TUTING. -lik qo'shimchasi o'rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo'shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo'shilgan -lik qo'shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi.
295-mashq. Shaxs otlarini toping, ularning yasalishi va imlosini tushuntiring.
1. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. 2. Aravakash mo'mingina, muloyim, kamgap kishi. 3. Taqachilar tinmaydi. Ish ko'p. 4. Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. 5. Jazirama oftob. Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. (Oybek) 296-mashq. Shaxs otlarini aniqlab, ularni tub va yasama otlarga ajrating, imlosini tushuntiring.
1. Yo'q, men zargar emasman. Zargarlik tarozisi ota meros aslida. 2. Qo'shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish: «Qo'shiq aytolsa, demak, cho'ponlikka yaraydi»,— debdi u cho'lig'iga. 3. Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog' ortiga jo'nadi. 4. Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan,- bu gapini mirobga qarab aytdi. (N. Normatov) 297-mashq. Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh -chi, ikkinchi guruh -dosh, uchinchi guruh -shunos, -paz qo'shimchalari yordamida shaxs otlari yasasin.
1. Shaxs oti yasovchi qo'shimchalar deb nimaga aytiladi?
2. -kor, -gar, -paz qo'shimchalari yordamida shaxs otlari yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
3. Eng faol shaxs oti yasavchi qo'shimchalarni sanang.
298-mashq. Uyga vazifa. «Duradgorlik (chevarchilik) ustaxonasida» mavzusida matn tuzing. Unda shaxs otlaridan foydalaning.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha