BILIB OLING. -gi (-ki, -qi) qo'shimchasi payt va o'rin bildiruvchi otlarga qo'shilib, payt va o'ringa xos belgini, -simon qo'shimchasi o'xshashlik belgisini, -(v)iy qo'shimchasi xoslik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi. 336-mashq. Uyga vazifa. So'zlarni qiyoslang. Yasama sifatlarni otlardan farqlab, daftaringizga ko'chiring.
Sayroqi — tutatqi, oqshomgi — sezgi, kechki — tepki, erinchoq — o'yinchoq, chizg'ich — yulg'ich, qishlik — yoshlik, aybdor — mulkdor, yashirin — bo'g'in, yasama — bostirma.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: ___________________________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
Sana: ___________ _________ Soati______
MAVZU: SIFATLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI. SODDA SIFAT
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Dostları ilə paylaş: |