368-mashq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga -roq qo'shimchasini qo'shing, so'z ma'nosiga qanday ta'sir qilishini aniqlang.
1. Bizning Shahlo o'zi kichkina bo'lsa ham, ancha ziyrak qiz. (Mirmuhsin) 2. Xoltoy yaxshi bola chiqdi. Hatto uning qo'ni-qo'shnilari ham bunga tan berishadi. (R. Azizxo'jayev) 3. Atrofda go'zal va ajoyib gullar o'sar edi. (Ertakdan) 4. Baxtiyorning shalpangquloq, jajji kuchukchasi bor. (AJo'rayev) 5. Chuqur va xayolchan ko'zlarida sirli va sehrli bir holat aks etadi. (Omon Muxtor)
369-mashq. Berilgan gaplardagi sifatlarning qaysi darajada ekanligini ayting.
1. Agar birorta kichikroq baliq suv yuziga suzib chiqsa, mushuk bir hamla bilan ushlab olar ekan. (Aziz Abdurazzoq) 2. Dunyoda do'stlikdan afzalroq, yoqimliroq narsa yo'q. (Sitseron) 3. Go'zallikdan ezgulik yaxshiroqdir. (H. Hayne) 4. Dunyoda johillikdan dahshatliroq narsa yo'q. (Hyote) 5. Insonning aqli mushtidan ko'ra kuchliroqdir. (F. Rable) 6. Nomus jondan ham qimmatliroq. (F. Shiller) 1. Sifatlarning qiyosiy darajasi qanday hosil qilinadi?
2. Kichkina, zangori, nordon so'zlariga -roq qo'shimchasini qo'shing va ma'noda ro'y berayotgan o'zgarishni izohlang.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____________________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf Sana: ___________ _________ Soati______ MAVZU: SIFATLARNING OZAYTIRMA DARAJA SHAKLI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.