366-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko'chiring. Orttirma darajadagi sifatlarning tagiga chizing.
1. Ish juda nozik, g'oyatda qo'rqinchli edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Hovli ham, uy ham bo'm-bo'sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi. (O. Yoqubov) 3. Bog' juda katta, bir gektarcha keladi. (X. To’xtaboyev) 4. To'rda o'tirgan oppoq soqolli, kulcha yuzi qip-qizil, o'tkir ko'zli bir chol tomog'ini qirib gap boshladi. (Mirkarim Osim) 5. O'ng tomonda, jar boshida pastakkina kichkina bir uydan shovqin eshitiladi. (Oybek) 6. Qor tip-tiniq shudring tomchisiga aylandi. (J. Razzoqov) IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ______________________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf Sana: ___________ _________ Soati______ MAVZU: SIFATLARNING QIYOSIY DARAJA SHAKLI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: – darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.