Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori:Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Berilgan so'z birikmalaridagi belgi ifodalaydigan so'zlarni narsaning yoki harakat-holatning belgisini bildirishiga ko'ra farqlang:
Tonggi shabada, sekin yurmoq, quvonchli xabar, tez o'qimoq, a'lo kayfiyat, atayin gapirmoq.
BILIB OLING. Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? qachon? qayer (-ga, -da, -dan)? qancha? singari so'roqlarga javob bo’luvchi so'zlar ravish deyiladi.
428-mashq. Matndagi ravishlarni ajrating. Ularni o'zi bog'langan so'zlar bilan birga ko'chiring.
Bo'ri ovni qo'lga kiritish ilinjida bor kuchi bilan quvar, yetib olishga tirishardi. Kiyiklar esa jon talvasasida sahroning ich-ichiga kirib borishardi.
Bo'ri ta'qibi borgan sari kuchaydi. Kiyikcha toliqa boshladi. Shu sababli ancha ortda qoldi. Ota-onasi unga qaramay qochishardi. Kiyikcha ota-onasidan bir umr ajralib qolayotgandek his qildi o'zini. Nega bunday qilishyapti? Nahotki, rahmlari kelmasa, qoldirib ketishga ko'ngillari dosh bersa? Holiga achinishmasa? Hay, biroz sekinroq yursalaring-chi? Butunlay toliqib qolayozdim-ku? Oyijon, otajon! Nahotki, menga qaramay ketib qolsalaring? Picha sabr qiling, yetib olay! Tashlab ketmanglar! (S. Ravshanov)
429-mashq. Gaplarni yozing. Ravishlarning tagiga chizing. Qanday ma'no anglatayotganini tushuntiring.
1. Shu vaqt nima uchundir, hamma birdan sharaqlab kulib yubordi (Abdulla Qodiriy) 2. Ertaga o'rtoqlarimga toza maqtanadigan bo'ldim-da. (G'afur G'ulom) 3. Tinib-tinchimas bu chol umr bo'yi o'z loyihalarini, chizmalarini Ma'suma bekaga gapirib keldi, aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo tushunmasdi. (Mirmuhsin) 4. Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o'g'li ishini qabul qilib olganiga bir hafta bo'lgan bo'lsa ham uni darrov tergovga chaqirmadi. (X. To'xtaboyev) 1. Qanday so'zlar ravish turkumiga mansub bo'ladi?
2. Ravishlar sifatlardan nimasi bilan farq qiladi?
3. Ravishlar ishtirokida gaplar tuzing.
430-mashq. Uyga vazifa. Adabiyot kitobingizdan ravishlar qatnashgan 10 ta gap yozing. Ravishlarning ma'nosini izohlang va qanday so'roqqa javob bo'layotganini ayting.