Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a)salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu Topshiriq. Berilgan sifatlarning qanday belgini bildirishini ayting.
Kamtar, egri, qadimgi, yozgi, ichki, keng, tor, quvnoq, chopag'on.
BILIB OLING. Narsalarning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari, hajmi, vazni, o’lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o’lchov sifatlari, o'rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi. 378-mashq. Berilgan sifatlarning qanday belgi ifodalashini va sifatlarning qaysi ma'no guruhiga mansubligini aniqlang.
Uzun, qisqa, keng, baland, tungi, xursand, quvnoq, g'amgin, sho'x, kamtar, bulturgi, qishki, kechki, kuzgi.
379-mashq. Nuqtalar o'rniga berilgan sifatlardan mosini qo'yib ko'chiring va ularga izoh bering.
Bultur bahorda eshigimiz oldidagi gullarni sug'orayotgan edim, ... «Moskvich» kelib to'xtadi. Mashina eshigi ochilib, ... gavdali yigit tushib keldi, taniy olmadim.
— Hormang, dehqonchilik zo'r-ku! — dedi ... yigit do'rillagan ovoz bilan.
Shunda hayratdan baqirib yubordim:
— Iya, Toymisan?
Ha, xuddi o'sha Toyning o'zi. Faqat shuncha bo'y, bunaqa ... qo'l-oyoqlarni qayoqdan oldi ekan?
— Poshsha oyimlarni ko'rgani keldim! — dedi ... qomatiga uncha mos kelmaydigan alpozda muloyim jilmayib. (O'. Hoshimov)