Dars: Zoologiya fani va uning vazifalari. Mavzu



Yüklə 32,21 Kb.
səhifə3/11
tarix11.05.2023
ölçüsü32,21 Kb.
#111152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz (1)

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu rejasi:
1.Hayvon organizmining tuzilishi
2. Hayvonlar klassifikasiyasi.
IV. Yangi mavzu bayoni. Hayvonlarning o'simliklarga o'xshashligi va ulardan farq qilishini,
hayvonlar hujayrasi, to'qimalari va organlarini o'rganish o'quvchilarning botanikadan olgan bilimlariga
asoslanib olib boriladi.
Zoologiya fanining mazmuni va vazifalariga, zoologiya fani tarixiga tavsif berish asosan hikoya shaklida olib boriladi. O'quvchilarning e'tiborini jalb qilish so'raladi. Zoologiya fani rivojlanishining tarixini zoolog olimlarning tadqiqotlari misolida tushuntiriladi.
Hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risida malumotlar mazkur paragraf mazmunining asosini tashkil etadi. O'quvchilarga hayvonlarni klassifikatsiyaga solish prinsiplari tushuntiriladi. Hayvonlarning asosiy taksonomik gurahlari o'simliklaming xuddi shu darajadagi taksonlari bilan solishtirib ko'riladi.
Hayvonlar klassifikatsiyasi. O'zaro o'xshashligi va qon-qarindoshligiga binoan hayvonlar bir necha sistematik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. O'simliklar singari hayvonlarda ham eng kichik sistematik birlik tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va yashash sharoiti o'xshash bo'ladi.
O'zaro yaqin turlar urug'ga, urug'lar oilaga, oilalar turkumga, turkumlar sinfga, sinflar esa tipga birlashtiriladi. Barcha tiplar birgalikda hayvonot olamini tashkil qiladi. Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko'p hujayralilarga; umurtqa pog'onasining rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilar (xordalilar)ga ajratiladi. Umurtqasizlar 20 dan ortiq, umurtqalilar esa faqat bitta tipdan iborat. Sistematik guruhlar lotin tilida nomlanadi. Turlar ikki nom
( urug’,va tur nomi ) , turdan yuqori guruhlar esa bitta nom bilan ataladi. . Hayvonlar klassifikasiyalash bilan sistematika fani shug’ullanadi.

Yüklə 32,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin