I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.2.Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu rejasi: 1.Harakatlanishi va tuzilishi 2. Oziqlanishi , nafas olish va ayrish sistemasining tuzilishi . 3. Ko’payishi . Volvoks . IV. Yangi mavzu bayoni.Bir hujayralilar tuzilishining ko'p hujayralilarning bitta hujayrasiga
o'xshashligi va undan farq qilish belgilari botanikadan o'tilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. Buning
uchun bir hujayralilarning bir hujayrasi ham ko'p hujayralilar hujayrasidagi singari hujayra qobig'i,
yadro, sitoplazma va undagi organoidlardan iboratligi, ularning o'zi uchun xos organoidlarning borligi
ta'kidlab o'tiladi. Bu mavzu amyoba misolida yanada kengaytiriladi. O'tiladigan materiallarni tushunib
olish o'quvchining hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risidagi malumotlarni o'zlashtirishi bilan bog'liq.
Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini yana tur, urug', oila, turkum, sinf, tip tushunchalariga
qaratadi va amyoba bir hujayralilarning soxtaoyoqlilar sinfiga kirishini ta'kidlaydi. . So'ngra
amyobaning qayerda yashashi, qanday oziqlanishi va harakatlanishi tushuntiriladi. Soxtaoyoqlarning
harakatlanganda va oziqni qamrab olayotgandagi holatini doskaga chizib tushuntirish lozim. Hazm qilish
vakuoli funksiyasini jo'nroq qilib, oziq tarkibidagi moddalarni suvda erigan holda sitoplazmaga o'tishi
va hazm bo'lmay qolgan moddalarni hujayradan chiqarib yuborilishi tarzida tushuntiriladi.
Qisqaruvchi vakuola vazifasi tushuntirilganda amyoba hujayrasi membrianasi orqali suv doim sizib o'tib turishi, agar suv chiqarilib turilmasa, hujayra yorilib, nobud bo'lishi orqali tushuntiriladi.
Harakatlanishi va tuzilishi.Yashil evglena kolmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo'lib, oldingi va keyingi tomoni ingiphkalashgan. Xivchini vintga o'xshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli • doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog'ga o'xshash «ko'zcha» joylashgan.
Oziqlanishi . Evglena sito’plazmasida yashil tanachalar shaklida xromotaforalari bo’ladi. Ulardagi xlorafill pigmenti yordamida u fotosintez qiladi . Yorug’lik ta’sirida uning xromatofporalarida organik moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar evglenaning o’sishi ,rivojlanishi, ko’payshi uchun sarf bo’ladi.