Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:
1) Mehanik harakat deb qanday harakatga aytiladi?
2) Sanoq jism deb nimaga aytiladi?
3) Mehanik harakatga misollar keltiring.
4) Sanoq sistemasi deb nimaga aytiladi?
Yangi mavzuni bayoni.
Sanoq jism, unga biriktirilgan koordinatalar sistemasi va vaqtni o'lchaydigan asbob birgalikda sanoq sistemasini tashkil etadi.
Masalan, samolyotning harakatini o'rganishda sanoq sistemasi Yer shari (sanoq jism), koordinatalar sistemasi va soatdan iborat bo'ladi (6-rasm).
Yer shari. koordinatalar sistemasi va soatdan iborat sanoq sistemasi.
Fazo va vaqt Bizni o'rab turgan atmosfera, uning ortidagi bepoyon bo shliq fazoni tashkil etadi. Fazoning chegarasi bormi?
Yunon olimi Luk^etsiy (miloddan awalgi I asrda yashagan) "Narsalarmng tabiati haqida" kitobida olam ikki narsadan — fazodan va ji?mlardan tashkil topganligi, ular
o'zaro mustaqil emasligi. fazo chegarasiz ekanligi haqida yozgan.
Keyinroq italiyalik olim Jordano Bruno (1518— 1600) olamning chegarasi yo'q. Yer shai idan boshqa juda ko'p shunday olamlar bor, deb aytgan. Bun- day fikrlari uchun Bruno cherkov buyrug'iga binoan gulxanda yoqilgan.
Galiley va Nyuton fazoni quyidagicha tasawur et- ganlar: fazo — cheksiz, uning barcha yo'nalishlari teng kuchli. barcha nuqtalari bir xil, qisman ma- teriya bilan to'lgan, qisman bo'sh. Olamning qanchalik kengligini tasawur qilib ko'ring. Yorug'lik nuri 1 sekundda 300000 km ma- sofani bosib o'tadi. Shunday tezlikda yorug'lik Yerga Oydan 1,3 sekundda, Quyoshdan 8,3 minutda, eng yaqin yulduzdan 4 yilda, olisdagi yulduzlardan minglab yillarda yetib keladi.
Harakatlanayotgan jism o'z vaziyatini fazoda vaqt ortishi bilan o'zgartirib boradi. Vaqt bir o'lchamli bo'lib, u bir tekis faqat o'tmishdan kelajakka o'tadi (8-rasm). Uni orqaga qaytarish mumkin emas. Masalan, Siz 13 yil oldin tug'ilgansiz. Shu davrdagi hayotingizda ko'pdan ko'p hodisalarni ko'rgansiz. Yillarni orqaga qaytarib, o'sha payt- dagi hodisalarni o'zgartira olmaysiz. Shu singari, o'tgan kunga qayta olmaysiz. Faqat oldingizda turgan kelajakni o'zgartira olasiz. Demak, vaqt quyidagi xossalarga ega:Vaqt — uzluksiz, bir o'lchamli, hamma onlari bir xil, faqat oldinga o'tadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Masala yechish
B e r i l g a n: F o r m u l a s i: Y e c h i l i s hi:
t = 4 yil ≈ 126 230 400 s; s = 300 000 km/s · 126 230 400 s =
υ = 300 000 km/s.; s = υt = 37 869 120 000 000 km.
Topish kerak: s = ? Javob: s = 37 869 120 000 000 km