Darsning mavzusi: Mexanika bo‘limida nimani o‘rganamiz? Mexanikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar



Yüklə 208,58 Kb.
səhifə8/17
tarix20.12.2023
ölçüsü208,58 Kb.
#187381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
7-sinf konspekt

Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:
1) Fazo necha o’lchamli?
2) Vaqt tushunchasiga ta’rif bering?
3) Mehanik harakatga misollar keltiring.
4) Sanoq sistemasi deb nimaga aytiladi?
Yangi mavzuni bayoni.

Jismlarning harakatini o'rganishda bir qator sod- dalashtirishlardan foydalaniladi. Ulardan biri harakat­lanayotgan jismning o'lchamlarini hisobga olmasdan, uni moddiy nuqta deb olishdan iborat.


Kuzatilayotgan harakatda o'lchami va shaklini hisobga olmasa ham bo'ladigan jism moddiy nuqta deb ataladi.
Moddiy nuqta deb qaralayotgan jismlar harakati va trayektoriyasi.Uzunligi 4 m bo'lgan avtomobilning 10 km masofani bosib o'tishdagi harakatini o'rganishda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Chunki avtomobil bosib o'tadigan masofa uning uzunligidan 2500 marta katta. Shu singari, to'pning maydondagi harakati va samolyotnirg uzoq masofaga parvozi qaralayotganda ularni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin.
Aynan bir jism bir holda moddiy nuqta deb qaraladi, boshqa holda esa uni moddiy nuqta deb qarab bo'lmaydi. Masalan, o'quvchi maktabga borayotganida uyidan 1 km masofani bosib o'tsa. bu harakatda uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin shu o'quvchi ertalabki gimnastika mashqlarini bajarayot- ganda un1 moddiy nuqta deb bo'lmaydi.
Poyezd bir shahardan boshqa shaharga borayotganda bu sha- harlar orasidagi masofaga nisbatan uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Lekin yo'ldagi bekatga nisbatan uni moddiy nuqta deb bo'lmavdi.Avtomobil, to'p, samolyot va Yer sharini qaysi hollarda moddiy nuqta deb qarab bo'lmaydi?
Trayektoriya: Doskaga bo'r bilan chizganda, qorli yo'l ustida avtomobil yurganda, tunda osrion- da meteor uchganda ular iz qoldiradi. Bo'r, avtomobil va meteorning qoldirgan izi ularning harakat trayektoriyasidir.
Jismlai o'z harakatida har doim ham iz qoldiravermaydi. Masalan, osmonda ucha- yotgan meteor iz qoldirsa, tramphndan sakrayotgan sportchi iz qoldirmaydi. Sportchi, to'p, odam, mashina, qush va samolyotlarning o'z harakati davomida izi ko'rinmasada, ularning izini uzluk- siz chiziq deb tasawur qilish mumkin. Moddiy nuqtaning o'z harakati davomida fazoda chizgan uzluksiz chizig'i 'qoldirgan izi) trayek­toriya deb ataladi.
Yo'l va ko'chish
Trayektoriya — bu fizik tushuncha. Jism trayektoriya- sini kattalik jihatdan baholash uchun fizik kattalik — yo'l qabul qilingan.
Jismning harakat trayektoriyasi bo'ylab bosib o'tgan masofasi yo'l deb ataladi va s harfi bilan belgilanadi. Jism harakatidagi boshlang'ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo'nalishli kesma ko'chish deb ataladi.
Jism to'g'ri chiziqli harakat qilganda yo'l va ko'chish bir-biriga teng bo'ladi. Ilgarilannia harakat. Stol ustidagi kitobni bir joydan ikkinchi joyga turlicha ko'chirish mumkin. Kitobning qirralari birinchi holda turlicha harakat qiladi. Ki­tobning ikkinchi holdagi harakatida uning qirralari trayektoriyasi bir xil bo'ladi, ya'ni kitob ikki qir- rasi trayektoriyasini ustma usl qo'yish mumkin. Kitobning ikkinchi holdagi harakati ilgarilanma harakatga muol bo'la olaai. Bunda kitobning qirralari- gina emas, boshqa ixriyoriy ikki nuqtasi ham bir xil harakat qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. Yo’l deb nimaga aytiladi

  2. Ko’chis deb nimaga aytiladi?

  3. Moddiy nuqta deb qanday jismga aytiladi?

  4. 2 m li stol ustida turgan burni moddiy nuqta deb olishimiz mumkinmi?


Yüklə 208,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin