Darsning mavzusi: Mexanika bo‘limida nimani o‘rganamiz? Mexanikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar



Yüklə 208,58 Kb.
səhifə12/17
tarix20.12.2023
ölçüsü208,58 Kb.
#187381
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
7-sinf konspekt

Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:

  1. Qanday fizik kattaliklarni bilasiz?

  2. Vektor kattaliklarga nimlar kiradi?

  3. Skalyar kattaliklarga nimalar kiradi?

  4. Vektorlarni qo’shish qoidasini ayting?

  5. Vektorlarni ko’paytrish qoidasini ayting?

Masalalar yechish:

  1. Tinch turgan vagon ichida turib vertikal sakrasak, sakragan joyimizga qaytib tushamiz. Agar to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan vagon ichida vertikal sakrasak, qayerga tushamiz?
    Sakragan joyimizgami yoki harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi tomongami? Biror yukni harakat yo‘nalishida otish uchun vagon tinch turganiga qaraganda ko‘proq kuch kerak bo‘ladi. Harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda otish uchun-chi?

  2. Faraz qiling, o‘rtog‘ingiz bilan kemaning xonalaridan biriga joylashib oldingiz. Tashqari sizga ko‘rinmaydi. Uxlashga yotganingizda kema to‘xtab turgan edi. Uxlab turganingizda u to‘xtab turgani yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotganini bilish uchun nima qilasiz?



  1. Trubaning ostki qismini bukib, bukilgan tomon uchini tez oqayotgan suv yo‘nalishiga qarshi qilib o‘rnatsak, trubaning suv sathidan yuqoriroqdagi uchidan suv oqayotganligini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi muammoni hal etib ko‘ring. Poyezdga stansiyada suv olinishi kerak, lekin to‘xtashga vaqt yo‘q. Yuqoridagi usuldan foydalanib, to‘xtamasdan poyezdga suv g‘amlab olish mumkinmi?



  1. Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomonga 10 km, so‘ngra janub tomonga 8 km, undan keyin g‘arb tomonga 12 km, shundan so‘ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning yo‘li va ko‘chishini toping.



  1. Faraz qiling, ko‘lga qalin tuman tushgan va uning qirg‘oqlari ko‘rinmaydi. Ko‘ldagi qayiqning harakat yo‘nalishini ko‘rsatish mumkinmi?



  1. Qayiq daryoni oqimga perpendikulyar ravishda kesib o‘tmoqda. Daryoda suv sohilga nisbatan daryo oqimi tezligida harakatlanadi. Qayiqning harakatini ikkita odam kuzatib turibdi. Ulardan biri sohilda qimirlamay turibdi, ikkinchisi esa oqim bo‘ylab suzib ketayotgan
    solning ustida turibdi. Ikkala kuzatuvchi qayiqning ko‘chishi va unga ketgan vaqtni o‘lchaydi. Ularning olgan natijalari bir-biridan qanday farq qiladi? Qaysi ko‘rsatkichlari bir xil bo‘ladi?

Yangi mavzuni mustahkamlash.



  1. Quyidagi qaysi hollarda Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin? To‘g‘ri javoblarni belgilang:
    a) Ekvator uzunligini hisoblashda;
    b) Yerning Quyosh atrofiagi orbita bo‘ylab o‘tgan yo‘lini hisoblashda;
    d) Yerning o‘z o‘qi atrofia sutkalik aylanishida ekvator nuqtasining harakat tezligini hisoblashda;
    e) Yerdan Saturn sayyorasigacha bo‘lgan masofani hisoblashda.

Nuqtalar o‘rniga mos bo‘lgan iboralarni qo‘yib, ta’rifni to‘ldiring: Vektor kattaliklar – bu …
a) faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar;
b) faqat yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar;
d) son qiymatlari hisobga olinmasa ham bo‘ladigan kattaliklar;
e) son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar.

Yüklə 208,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin