Darsning maqsadi: Mavzu haqida ma’lumot berish.Misollar bilan tushuntirish.
Darsning jihozi: Formulalar.
Darsning usuli: Aqliy hujum.
Darsning borishi:
1. Tashkiliyqism– salom-alikqilish, davomatnitekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash;
To‘g‘ri burchakli uchburchakda a, b − katetlar, c − gipotenuza bo‘lsin. α deb a katetga qarama-qarshi burchakni belgilaymiz (1- rasmga qarang).
Geometriya kursidan α burchakning sinusi va kosinusi quyidagi tengliklar yordamida kiritiladi:
sin , cos . a b c c a = a =
Gipotenuzani 1 deb olsak, 1- rasm 2- rasmdagi ko‘rinishni oladi.
Tekislikda koordinatalar sistemasini kiritib, unda radiusi 1 ga teng aylanani birlik aylanani qaraymiz va shu aylanada α burchakka mos bo‘lgan nuqtani belgilaymiz
α burchakning sinusi deb (1;0) nuqtani koordinatalar boshi atrofida α burchakka burish natijasida hosil bo‘lgan Aα nuqtaning ordinatasiga aytiladi (sinα kabi belgilanadi).
Huddi shunday, α burchakning kosinusi deb (1; 0) nuqtani koordinatalar boshi atrofida α burchakka burish natijasida hosil bo‘lgan Aα nuqtaning abssissasiga aytiladi (cosα kabi belgilanadi).
Pifagor teoremasiga ko‘ra, cos2α+sin2α=1 – asosiy trigonometrik ayniyat o‘rinli, bunda 0°≤α≤360°. Trigonometriyada qaraladigan burchak (yoy) lar graduslarda yoki radianlarda o‘lchanishi mumkin.
α markaziy burchakka mos yoy uzunligining o‘sha yoy radiusiga nisbati shu burchakning radian o‘lchovi deyiladi.
Graduslarda berilgan α burchakning radian o‘lchovi 180 π a ° ga teng.
|
Ko‘p uchraydigan burchaklarning radian o‘lchovlari jadvalini keltiramiz:
Gradus
|
0°
|
30°
|
45°
|
60°
|
90°
|
180°
|
270°
|
360°
|
Radian
|
0
|
6 π
|
4 π
|
3 π
|
2 π
|
π
|
32π
|
2π
|
Dostları ilə paylaş: |