5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash.
6. Uyga vazifa
10-Sinf Algebra sana __ ________2018 y
Mavzu: ENG SODDA TRIGONOMETRIK TENGLAMALAR Darsning maqsadi: ENG SODDA TRIGONOMETRIK TENGlamaLARni yechish haqida ma’lumot berish.Misollar bilan tushuntirish.
Darsning jihozi:Formulalar.
Darsning usuli: Aqliy hujum.
Darsning shiyori: Ko’p o’qigan ko’p biladi.
Darsning borishi: 1. Tashkiliyqism– salom-alikqilish, davomatnitekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish: sin x=a tenglama Bizga ma’lumki, −1≤ sin x ≤ 1, shuning uchun bu tenglama |a|>1 bo‘lganida yechimga ega emas. −1≤ a ≤1 oraliqda tenglamaning yechimini topish uchun quyidagi ta’rifni kiritamiz.
a∈[−1; 1] sonning arksinusi deb sinusi a ga teng bo‘lgan x∈[− 2 π ; 2 π ] songa aytiladi: agar sinx=a va x∈[− 2 π ; 2 π ] bo‘lsa, arcsin a=x.
Grafikdan ko‘rinadiki, a∈[−1; 1] bo‘lganda y=a funksiya [0; 2π] oraliqda y=sinx funksiya grafigini abssissalari x0 va x1=π−x0 bo‘lgan nuqtalarda kesadi. Bu ikki nuqtani bitta formula orqali yozish mumkin:
x=(−1)n arcsin a, n = 0, 1.
y=sinx funksiyaning davriyligidan foydalanib, tenglamani yechish uchun ushbu formulani hosil qilamiz:
x=(−1)k arcsin a+ πk, k∈Z. (1)