Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
Kun yangiliklari bilan tanishish.Guruhlarga bo’lish
1-guruh O’ng qanot
2-guruh Markaz
3-guruh So’l qanoti
Darsga ki rishish mashqini bajaramiz “Sehrli sandiq”savollari rqali o’tilgan mavzular yuzasidan “Tarixiy shaxs”larga o’quvchilar javob berishadi
Knyaz Oleg
|
Abu Bkr
|
Chingizxon
|
Umar
|
Muqanna
|
Xalifa Usmon
|
Muhammad(sav)
|
Xalifa Ali
|
Qutayba ibn Muslim
|
Abu Muslim
|
Buyuk Karl
|
Yustinyan
|
Buyuk Alfred
|
Meshko I
|
Chingizxon
|
Yaroslav donishmand
|
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning olgan bilimlari test orqali sinab ko`riladi.
|
Tetst savollari
|
To’g’ri
|
Noto’g’ri
|
1
|
Saljuqiylar davlatiga To’g’rulbek asos solgan.1038-1338-yillarda yashagan
|
|
+
|
2
|
“Siyosatnoma” asari muallifi bosh vazir Nizomulmulk
|
+
|
|
3
|
1074-yilda Mansikert jangida saljuqiylar vizantiyaliklar ustidan g’alaba qozonadi
|
|
+
|
4
|
1243-yilda sharqdan bo’lgan mo’g’ullar hujumidan so’ng Saljuqiylar pachalanib ketadi
|
|
+
|
5
|
1025-yilda Saljuqiylar Xuroson yerlariga ko’chib o’tadi
|
+
|
|
6
|
Saljuqiylar davlati-Xuroson, Yaqin va Uzoq Sharq,Kichik Osiyo,qisman Movoraunnahrda hududlarida hukmronlik qilgan
|
|
+
|
7
|
1055-yilda Saljuqbek nomiga xutba o’qilib,xalifa Al-Qoim Saljuqbekni “Sharq va G’arb podshohi deb tan oldi
|
|
+
|
8
|
Davlat Alp Arslon(1063-1071) va Sulton Malikshoh(1072-1093)-yillarda gullab yashnadi
|
|
+
|
9
|
O’g’uzlar,yunonlar,forslar,armanlar,gruzinlar qo’shilishidan turk millati shakllanadi
|
+
|
|
10
|
Mamlakat dargoh va devonlar orqali boshqarilgan.Ma’muriy jihatdan viloyat va tumanlarga bo’linib ular voliylar tomonidan boshqarilgan
|
|
+
|
Test uchun berilgan 3 daqiqa tugagach tekshirilib baholanadi .Har bir to’g’ri javob uchun bir balldan beriladi
3.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1.Ijtimoiy tuzum
2.Chingizxon davlati
3.Mo’g‘ullar qo’shini
4.Istilolar
Yangi mavzu guruhlaga uyga vazifa qilib berilgan. Tezkor savollar orqali sinab ko’riladi.
Shundan so’ng mavzu yozib olingan audioda qo’yib beriladi.Audioda eshitayotgan vaqtda slaydlar ekranda namoyish etiladi
Ijtimoiy tuzum
Mo‘ul qabilalari qadimdan Janubiy Sibir, Manchjuriya va Mo’g‘uliston hududlarida yashab kelganMo‘g‘ullar hayotida qadimgi udumlar,diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig‘inish, shomonlik e’tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan. XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mo‘g‘ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat – mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi. Urug‘chilik jamoalari alohida ko‘chmanchi xo‘jalik – ayllarga bo‘linib, har bir ayl endilikda o‘z xo‘jaligi – chorvalarining egasiga aylanadi. Urug‘boshliqlari-no‘yonlar bo’lib,urug‘doshlaridan harbiy bo’linmalar tuzgan.
Chingizxon davlati
M o‘g‘ul qabilalari orasidagi o‘zaro urushlarda Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda u ulug‘ xon deb e’lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini beradi. Chingiz so‘zi “kuchli”, “qudratli”, “toza” ma’nolarini anglatadi. amlakatni markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o‘z davlatining poytaxtiga aylantiradi. M o‘g‘ullar qo‘shinni kuchaytirishga katta e’tibor qaratadilar. Mo‘g‘ullarning ko‘chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirishlari ularga a’lo darajadagi otliq qo‘shin tuzish imkonini beradi, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi qo‘shni xalqlar esa bu otliq askarlar bilan to‘qnashishga ojizlik qilardilar. Tinch paytda chorvachilik bilan shug‘ullangan mo‘g‘ullar urush boshlanishi bilan o‘nlik tizimdan iborat muntazam qo‘shinga aylanar edi. Talonchilik bosqinlari ko‘chmanchi mo‘g‘ullar uchun asosiy mashg‘ulot hisoblangan. Xitoy bilan qo‘shnichilikda yashashlari, u yerga qilgan yurishlari mo‘g‘ullarga Xitoyning ko‘pgina harbiy uskunalari – jang qurollari bilan tanishish va ularni o‘zlashtirib olish imkonini bеrdi. Jumladan, mo‘g‘ullar qo‘shini devor teshadigan maxsus moslama – palaxmon va o‘t sochadigan qurollar yordamida shaharlarni ishg‘ol qilish san’atini a’lo darajada egallagan edilar. Mo‘g‘ullarning sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola
MO‘G‘ULLAR QO‘SHINI
bilgan. Jangchilarning ko‘pchiligi nayza va qilich bilan qurollangan. Har bir ko‘chmanchining kundalik hayotida ham, jang paytida ham, albatta, arqoni bo‘lishi lozim edi. Ko‘chmanchilar qo‘shini odatda uchta qismga bo‘lingan: markaz va ikki qanot. Qo‘shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Jang boshlanganda markaz yolg‘ondan chekingan, dushman uni ta’qib eta boshlasa, qanotlardan hujumga uchrar, chekinayotganlar ham to‘xtab, jangga kirishardi. Asosiy qo‘shindan tashqari,Chingizxon ixtiyorida “keshik” deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda vaziyatlar uchun doimo jangovar shay holatda turar edi.Jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo‘shin, qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga g‘alaba keltirgan.
ISTILOLAR
Ch ingizxon dastlab naymanlarni, keyinchalik uyg‘ur, yoqut, qirg‘iz va buryat qabilalarini bo‘ysundirgach, 1211-yilda Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yilda boshlangan bosqinlar Xorazmshohlar davlatiga uyushtirilgan 1219–1221-yillardagi bosqinlarga ulanib ketadi. Keyinchalik Afg‘oniston, Sharqiy Eron egallanib, Kavkaz orqali Dashti Qipchoqqa chiqadilar. Kalka daryosi bo‘yida qipchoqlarga yordamga kelgan ittifoqchi rus qo‘shini mag‘lub etiladi.
1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni uluslarga bo‘lib, o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuluga taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi.Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237–1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha,qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Istilo qilingan hududlarda Oltin O‘rda davlatiga asos solinadi. O‘rta Sharq va Old Osiyoda harbiy harakatlarni Tuluning o‘g‘li Xuloku davom ettirdi. U 1256-yilda Eronni bosib olib, Xulokuylar davlatiga asos soladi. Ikki yil o‘tib, Xuloku Arab xalifaligiga hujum uyushtirib, Bag‘dodni egallaydi. Mo‘g‘ullar shaharni uch haftadan ko‘proq talaydilar, madaniyat va san’at asarlari yo‘q qilinadi.
Shahardagi katta kutubxonani yondirib, kitoblarni Dajla daryosiga tashlab yuboradilar. Aytishlaricha, daryoga shunchalik ko‘p kitoblar tashlanadiki, daryo ularning siyohidan qorayib ketadi.
So‘ngra mo‘g‘ullar Yaqin Sharqqa bostirib kirib, Suriyani egallaydilar, Halab shahrini vayron qiladilar. Bag‘dod va Halabning vayron qilinganini ko‘rgach, Damashq jangsiz taslim bo‘lib, Islom dunyosining markazi janubga – Qohiraga ko‘chib o‘tadi. Musulmonlar orasida mo‘g‘ullarning jangariligi haqida vahimali mish-mishlar tarqalib, ular yengilmas, ularni to‘xtatib bo‘lmaydi degan gap-so‘zlar paydo bo‘ladi.Xuloku Misrga elchilarini yuborib, taslim bo‘lish shartini qo‘yadi. Misr sultoni bunga rozi bo‘lmaydi. 1260-yilgi jangda Sulton Sayfiddin Qutuz jasorati tufayli misrliklar
mo‘g‘ullar qo‘shini ustidan g‘alaba qozonib, ularning Yaqin Sharq va Afrikaga yurishlarini to‘xtatib qoladilar.
“MO‘G‘ULLAR G‘OLIBI”
Sayfiddin Qutuz Xorazmshohlar avlodidan bo‘lib, Jaloliddin Mangubеrdining opasining o‘g‘li bo‘lgan. U Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi kurashlariga, dush man qo‘lida asir tushishlarini istamay, o‘z yaqinlarini daryoga cho‘ktirishiga majbur bo‘lib, oh-u faryod chekishiga guvoh bo‘lgan. Bu alamli xotira Qutuzning yodida bir umr muhrlanib qolgan. U mo‘g‘ullardan o‘ch olishga qasam ichgan holda, so‘nggi xorazmshoh Jaloliddin Mangubеrdi bilan birgalikda yurt kеzgan va mo‘g‘ullarga qarshi ko‘plab janglarda ishtirok etgan.Biroq tog‘asining fojiali o‘limidan so‘ng Qutuz Damashqning qul bozorida sotib yuboriladi. Uni misrlik qul savdogari Misr sultoni As-Solih II ning mamluklar qo‘shinida xizmat qilishi uchun sotib oladi.Qutuz mamluklar maktabida ta’lim oladi va harbiy san’at sirlarini o‘rganadi. Sobiq qul mamluklar qo‘shinida katta amir darajasiga yеtadi, Misr sultoni noibi lavozimiga ko‘tariladi.
Misr taxtiga 15 yoshli Al-Mansur Ali o‘tirgach, amaldagi boshqaruv uning vasiysi bo‘lgan Qutuzning qo‘liga o‘tadi. Qutuz Misr qo‘shinining bosh sarkardasi lavozimini egallaydi.Sayfiddin Qutuz yengilish nima ekanligini bilmay kelayotgan mo‘g‘ullarni Ayn-Jalutdagi jangda tor-mor etish orqali tarixda “Mo‘g‘ullar g‘olibi” degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |