Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə23/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
mustaqil ta\'lim

morfologik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Doimo kuchli tashqi ta’sirga duch
keladigan mushak tolalari bu ta’sirga qarshi turadi. Shu munosabat
bilan, bir tomondan, tolalaming bir guruhga "birlashishi" ro’y beradi:
ikkinchi tomondan esa uzoq muddat davom etgan trenirovka ta’siri
ostida alohida tolalar har qanday tashqi qo’zg’atishga javoban birgalikda
harakat qiladi. Shunday qilib, futbolchi uchun juda zarur bo’lgan
qobiliyat, ya’ni javob harakatlarini nozik differensiyalash qobiliyati
yqoladi.
U yoki bu harakatda ishtirok etuvchi harakatlar birligi miqdorini
aniq yozib olish imkoniga egamiz, deylik. Kuch mashqlari
boshlanguniga qadar futbolchiga "chapga soxta harakat qilib, o’ngga
to’p bilan ketib qolish" texnik usulini bajarishni taklif qilamiz. Usul
nihoyatda to’g’ri bajarilganda, bu harakatda oyoq mushaklari harakat
birligining 50% ishtirok etgani ma’lum bo’ladi. Oirliklar ktarish
bilan o’tgan uzoq davom etgan mashg’ulotlardan keyin unga yana o’sha
usulni bajarishni topshiramiz. Endi usulni bajarishda 50% ko’proq
harakat birligi ishtirok etar ekan. Bundan texnik usulning o’zi ham
qo’polroq bajarilar, kuch ham ko’proq sarf bo’lar ekan. Binobarin,
kuchni oshirib, to’pni olib yurish texnikasini, ya’ni futbolning eng
asosiy komponentini yomonlashtirar ekanmiz.
Nihoyat, kuch oshgani bilan bu spesifik harakatlami bajarish
tezligiga ijobiy ta’sir etmasligi mumkin. Shuning uchun kuch
tayyorgarligi vositalarini tanlaganda, bajarilmoqchi bo’lgan harakat
uchun rivojlantirilayotgan kuchning xususiyati va shartini juda ham aniq
bilib olish kerak. Chindan ham, futbolchilar shtangani qo’lga tutgan
holda cho’nqayib o’tirar ekan, shtangani yerdan dast ko’tarib olar ekan,
uni oyoqda dam ko’tarib, dam tushirar ekan, katta tashqi qarshilik ostida
sur’at jihatidan ham, tuzilishi jihatidan ham musobaqalardagidan farq
qiladigan mashqlami bajaradilar.
Tadqiqotlar mashqlar "tezkor" va "sust" harakat birligidan iborat
ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham trenirovkaning yo’nalishi u
yoki bu guruh nerv tolalari faolliliga ta’sir etishi, oqibatda esa kuch
potensiali ortiqcha bo`lib qolishi mumkin.
Nisbiy kuchlaming yuksak darajasi kishi jadal harakatlarda qisqa
vaqt mobaynida shu kuchni namoyon qila olgandagina samarali bIadi.
Futbol amaliyotida bu, ayniqsa, to’pga zarba berilgandagina ko’zga
yaqqol tashlanadi. To’pni oyoq mushaklari o’ynab turgan futbolchi
mushakiari uncha ko’zga tashlanmayotgan o’yinchiga nisbatan kuchsiz
tepadigan hollar uchrab turadi. Bu, aftidan, mushaklararo koordinasiya
buzilganligi bilan bog’liq bo’lsa kerak. To’pga zarba berilayotganda, son
orqa yuzasidagi mushak (mushak-antogonist) lar son oldi yuzasi
mushaklariga oyoq kaftini maksimal tezlik bilan oldinga "uzatib"
yuborishiga halaqit bermasligi uchun oyoq kafti to’pga tepish
oididangina harakatga qo’shiladi. Biroq katta salmoq bilan asta-sekin
bajarila-digan ishda ikkala guruh mushaklarining zo’riqishi to’pga zarb
berishdek to’satdan bajariladigan harakatga salbiy ta’sir etadi. U yoki bu
ixtisoslik bo’yicha kuchni oshirishda harakat tuzilishi o’xshashi zarur
ekanligi yana bir bor tasdiqlanadi.
Shunday qilib, futbolchilarda kuch va tezkorlikni uyg’unlashtirishga
erishish va bunda koordinasion imkoniyatlami yomonlashtirmaslik
hamda chidamlilikni ssaytirmaslikka erishish uchun trenirovkaning
shunday vosita va uslublaridan foydalanish zarurki, ular futboldagi
harakat faoliyati talablariga .muvofiq bo’lsin. Futbolchilarda kuch va
tezkorlikni tarbiyalashning eng oqilona vositalari bular o’rin bo’shatish
- yengib o’tish xarakteridagi kombinatsiyalashgan dinamik ishlardir.
Sakragandan keyin yerga kelib tushishdagi amortizasiya bunga
misol bo’ladi. Bu ishda son oldi yuzasidagi mushaklar cho’ziladi.
0 ’yin faoliyati jarayonida futbolchidan qisqa vaqt ichida kuch
namoyon qilish talab etiladi. Turli xil sakrash mashqlari (yugurib kelib
va turgan joyidan uzunlikka sakrash, klassik uch qatlab sakrash,
balandlikka sakrash va, ayniqsa chuqurlikka sakrash (bunda kishi 70-
110 sm balandlikdan sakraydi va shu zahoti qandaydir keyingi
harakatlami bajaradi) futbolchilaming maxsus "portlovchi" kuchlarini
oshimvchi samarali vositalardir.
Trenirovka jarayonida sportchi tayanch bilan qatnashishni tezroq
bajarishiga e’tibor qilish kerak. Chunki ko’pchilik harakat birliklari
sportchi uchun zarurat tug’ildi deguncha baravar ishga kirishishga
"o’rgatilishi", ya’ni mushaklar ichki koordinasiyasi yaxshbilanishi va
shu yo’l bilan mushaklaming ko’ndalang kesimini o’zgartirmay turib,
ulaming kuchliroq boMishiga erishish lozim.
Biroq trenirovkada chuqurlikka sakrash qoMlanilar ekan, bunda
sakrash balandligini asta oshirib borishni unutmaslik (ammo 110 santimetrdan oshir-maslik) zarur, aks holda amortizatsiya fazasi ancha
ortib ketib, kuchning maksimal kattaligiga yomon ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Tadqiqotlar dinamik kuch trenirovkasi o’rin bo’shatish -
yengib o’tish xarakteridagi mashqlar bilan birgalikda statik kuchga
nisbatan dinamik kuchning o’sishiga ijobiy ta’sir qiJishini krsatadi.
Chunki bu holda ham, odatda, mushaklaming musobaqa paytidagiga
o’xshash ish rejimi qo’llaniladi. Bu vaqtda kuch potensialigina yuqori
darajaga ko’tarilmay, balki fiitbol o’yiniga xos maxsus morfologik va
bioximik adaptasiya ham ta’minlanadi.

Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin