asoslangan bo’ladi.
Ko’p hollarda mudofaadagilar raqib o’yinchisi to’p olayotganda
yoki to’pni nazorat qilib turganda kurash boshlaydilar. Yakka
kurashning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz chiqishi
mudofaadagilarning to’p olib qo’yishda kerakli vosita va usullarni
tanlash va qoMlashda qanchalar tajribali ekaniga bog’liq.
Himoyachi to’pni raqibdan u to’p qabul qilayotgan paytda olib
qo’yishga intilishi kerak, chunki bu paytda hujumchining e’tibori asosan
texnik usulni qanday bajarishga qaratilgan bo’lib, u keyingi taktik
harakatiga kamroq e’tibor berayotgan boMadi.
Tpni boshqarayotgan o’yinchiga qarshi harakatda himoyachi
quyidagilami bajarishga intiladi:
a) to’pni raqibdan olib qo’yish;
b) to’p uzatilishiga to’sqinlik qilish;
c) to’p olib yurilishiga to’sqinlik qilish;
d) zarba berilishiga to’sqinlik qilish.
To’pni olib qo’yish. To’pni olib qo’yishda tezkorlikning, masofani
his etish va vaqtni mo’ljallashning, shuningdek, butun o’yin vaziyatini
baholay bilishning ahamiyati kattadir.
Futbolda bir xilda takrorlanadigan holat va vaziyatlar boMmaydi,
shuning uchun hujum qilayotgan o’yinchiga to’p bermaslik uchun
qachon va qayerda bo’lishini himoyachining o’zi aniqlashi kerak.
Ba’zan o’yinchiga juda yaqin kelib, uning ketidan qolmasligi, ba’zida
esa o’z joyidan ketmasligi kerak bo’ladi. Ammo har qanday holda ham
hujum qiluvchiga bemalol to’p olish imkonini bermaslik lozim.
Himoyachi hujum qilayotgan o’yinchi harakatlarini kuzatayotib,
unga darhol hujum qilish kerakmi yoki ozroq kutish kerakmi - o’zi hal
qiladi. Raqib ro’parada ekanida u aylanib o’ta boshlashini yoki to’pni
olib yura boshlashini kutgan ma’qul. Raqib aylanib o’tishga tayyorlanib,
himoyachiga yaqin kelganida, himoyachi to’pni olib qo’yish yoki tepib
chiharib yuborish paytini topa bilishi kerak.
0 ’yin sharoiti va oqibat qanday chiqishiga qarab himoyachi
raqibdan to’p olib qo’yishning ma’lum bir usulini tanlaydi. Bunda
122
sirpanish, to’pni tepib yuborish, yelkada turtish va shu kabi usullardan
foydalansa bo’ladi.
To’p uzatishga qarshi harakat. Goho himoyachi qulay pozisiyaga
chiqib qolgan o’yinchiga to’p uzatilishiga qarshilik ko’rsatishi kerak
bo’lib qoladi. Bunday vaziyatda to’pni olib qo’yishga yoki yakkakurash
boshlashga kirish-magan ma’qul, chunki himoyachining noo’rin harakati
ahvolni keskinlashtirib yuborishi mumkin. Bunday vaziyatda to’p
yuqorilatib yoki yonlamasiga uzatilishiga to’sqinlik qilish uchun
himoyachi to’pni boshqarayotgan o’yinchiga 2-3 m qolguncha yaqin
boradi. Uning asosiy maqsadi mudofaadagi sheriklari o’z pozisiyalariga
borib olishlari uchun vaqtdan yutishdir.
To’p olib yurishga qarshi harakat. Basharti himoyachi to’pni olib
qolishga yoki raqib to’p olayotganda uni olib qo’yishga ulgurmasa, unda
butun harakati-yu ishg’ol qilgan pozisiyasi bilan to’pi bor raqibning tez
ilgarilashiga halaqit beradi. Bordi-yu hujumchi har qalay olg’a harakat
boshlab qolsa, himoyachi unga parallel harakat qila boshlab, uni yon
chiziqqa qisib qo’yishga harakat qiladi. Shunda hujumchining harakat
joyi torayib, sheriklarining bevosita yordamidan mahrum bo’lib qoladi.
Raqib jarima maydoni yaqinida diagonaliga yoki darvoza chiziiga
parallel tarzda to’p olib ketayotgan bo’lsa, himoyachi to’p olib yurishga
to’sqinlik qilibgina qolmay, balki hujumchini to’pni orqaga yoki
maydonning ko’ndalan-giga uzatib yuborishga majbur qilishi kerak.
Zarba berishga qarshi harakat. Hujumchi jarima maydoni
yaqinida darvozani mo’ljallab zarba bermoqchi boMganida eng xavfli
vaziyat yuzaga kelishi barchaga ayon. Bunday holda himoyachi o’z
darvozasiga orqa girib yoki yonlama turib, o’z pozisiyasi yoki harakati
bilan darvoza tomon zarba berilishiga qarshilik ko’rsatishi kerak.
Himoyachining butun e’tibori raqibning oyoqlarida boMishi zarur: to’p
uchib ketishi lozim boMgan yoMga o’z oyog’ini qo’yib qolish uchun
uning zarba beruvchi oyog’i orqaga tortilgan paytni payqab olishga
harakat qilish kerak.
Futbolchilarning istiqbolliligi va jamoalaming muvofiqligi,
sportchilaming harakat imkoniyatlari dinamikasini baholash, asosan
texnik-taktik tayyorgarlik (TTT), ular organizmining funktsional
imkoniyatlari hamda gumh taktik harakatlar darajasi bilan aniqlanadi.
Mahoratli futbolchilami tayyorlash jarayonida, ular
tayyorgarligining turli tomonlari ko’rsatkichlarini ahamiyatini hamda
ulaming o’zaro aloqasi va o’zaro ta’sir darajasini aniq bilan zarur.
Biz yuqorida sanab o’tganlami baholash uchun bir qancha hilma-hil
ko’rsatkichlar va testlarni tanlab oldik.
Ularning hammasi “Test-Retest” (“Sport metrologiyasi” darsligi
1982 y.) tizimi bo’yicha stabillikka tekshirildi.
33-jadvalda tanlangan testlarning stabillik koeffitseni ahamiyati
keltirilgan. Ko’rinib turibdik, stabillik koeffitsenti turlicha. Jismoniy
316
sifatlami baholash uchun testlar katta ega bldi. Buni shunday
tushunitirish mumkin, birinchidan bunday testlar standart holatlarda
qoMlaniladi, ikkinchidan, biz foydalangan oMchash tizimlari - vaqt
ishonchliligi va aniqligi.
Musobaqa sharoitlarida qo’llanilgan testlar kam stabillikka ega.
Lekin, bu erda ham ulaming koeffitsentlar tabaqalangan. Masalan,
orqaga va ko’ndalang qisqa va o’rta uzatishlar; to’pni olib yurish kabi
murakkab bo’lmagan texnik usullaming ahamiyati katta. To’pni uzun
uzatish; raqibni aldash; to’pni olib qo’yish; boshda uzatish va darvozaga
zarbalar; jamoaviy o’zaro harakatlar kabi murakkab texnik harakatlarda
kam stabillik kuzatiladi.
Umuman, o’yin sharoitlarida stabillik koeffitsetining kamligi,
musobaqa vaziyatlari va sharoitlarining nostandartligi bilan tushuntirish
mumkin. Har bir o’yinda sportchilarga, maxorati va uslubi turlicha
bo’lgan raqiblar bilan hamda turli iqlim - obi-havo sharoitlarida
harakatlanishlariga to’g’ri keladi. Ammo L.R.Ayrapetyants,
l.A.Aleshkov, A.M.Nevmenov, O.P.Bazilevich, G.T.Gadjiev,
M.A.Godik ma’lumotlariga ko’ra, bimday testlaming axborotliligi ancha
katta.
Ushbu testlardan olingan ma’lumotlar yordamida, ikkita birinchi
liga va oliy liga futbol jamoalarining jismoiy tayyorgarlik
ko’rsatikchlari, hamda ITH va guruh o’zaro harakatlari ko’rsatkichlari
baholandi.
Oliy va birinchi liga jamoalari futbolchilarining o’rtacha
tayyorgarlik ko’rsatkichlari bo’yicha qiyosiy tahlili 34-jadvalda taqdim
etilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, oliy liga jamoasining 9 ta futbolchisi
barcha krsatkichlar bo’yicha birinchi liga jamoasining o’yinchilaridan
ancha ustun. Umumiy va jismoniy tayyorgarlikni (30 metrga yxigurish, 5
karra sakrash, 7 x 50 va 3000 metrga yugurish) tavsiflovchi
ko’rsatkichlar bo’yicha deyarli farqlanish katta emas, lekin ITHni
tavsiflovchi ko’rsatkichlarda farq ancha katta, guruh zaro harakatlarida
esajudayuqori.
Hujum taktikasi deganda to’p ixtiyorida bo’lgan jamoaning raqib
darvo-zasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish
tushuniladi. Hujum harakatlari tuzilishining xilma-xilligi, hujum rivoji
sur’atining, asosiy yorib o’tish yo’nalishining o’zgartirilishi, nihoyat,
yakkama-yakka kurash, texnik usullaming xilma-xil bo’lishi - bulaming
hammasi hujumni barbod etishga intilayotgan himoyachilami nihoyatda
qiyin ahvolda qoldiradi.
Hujumdagi harakatlar individual harakatlarga, guruh harakatlari va
jamoa harakatlariga bo’linadi.
Hujumdagi individual taktika - bu futbolchining muayyan maqsadni
ko’zda tutgan harakatlari, uning mazkur o’yin vaziyatida mavjud
bo`lgan bir qancha imkoniyatlardan eng to’g’risini tanlay bilishi,
futbolchining to’p o’z jamoasida boMganda, raqibning diqqat-e’tiboridan
chetga chiqa olishi, o’zi va sheriklari uchun ynaydigan bo’sh joy
topishi hamda paydo qila bilishi, kerak bo’lib qolgan taqdirda esa
himoyachi bilan kurashda yutib chiqishi demakdir.
To’psiz harakatlar.
To’psiz harakatlar quyidagilardan: ochilish, raqibni chalg’itish va
maydon-ning ayrim qismida o’yinchilaming son jihatdan ortiqligini
yaratishdan iboratdir.