Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika


O`yinchilarning hujum va himoya vaqtidagi individual harakatlari



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə16/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
mustaqil ta\'lim

5.O`yinchilarning hujum va himoya vaqtidagi individual harakatlari
Mudofaadagi muvaffaqiyat bir guruh o’yinchilaming to’g’ri
straxovka qilishlariga, o’zaro almashuvchanligi va ulaming bir-biriga
mos harakatlarigagina emas, balki himoyachilaming to’pi bor va to’p
yo’q o’yinchiga qarshi individual harakat qilish mahoratiga, ya’ni
himoyachining muayyan vaziyatda o’z "homiy" ligidagi o’yinchiga
nisbatan qanchalik to’g’ri joy tanlashiga ham bog’liq. Oqilona pozisiya
tanlash mudofaada muvaffaqiyatli harakat qilishning asosi hisoblanadi.
To’p boshqarayotgan va to’p boshqarmayotgan o’yinchiga qarshi
harakatlar himoyadagi individual taktik harakatlarga kiradi.
120
To’psiz o’yinchiga qarshi harakatlar.
Himoyachi to’pni boshqarayotgan o’yinchiga qarshi harakat
qilayotganda quyidagjlarga intiladi:
a) raqiblarning to’p olishiga yo’l qo’ymaslikka, ya’ni to’pni "to’sib"
olishga;
b) raqibga yo’naltirilgan to’pni yo’lda "olib qolish" harakatini
bajarishga.
To ’sib olish - bu mudofaadagi jamoa o’yinchisining raqib
o’yinchisi yo’lini to’sib, uning to’p olish imkoniyatini qiyinlashtiradigan
harakati. Raqib yo’lini to’sib olish uchun himoyachi shu o’yinchi bilan
o’z darvozasi orqasiga o’tishi (darvozaga nisbatan yonlamaroq yoki orqa
o’girib turishi) kerak. Himoyachi bilan hujumchi orasidagi masofa to’p
bilan o’yinchi darvozaga yaqinlashgan sari yoki darvozadan uzoqlasha
borgan sayin kamayib yoki ko’payib borishi mumkin. Pozisiya,
shuningdek himoyachining yugurish tezligiga, o’zaro kurashayotganlaming kuchlari nisbati va boshqa omillarga bog’liq bo’lishi
mumkin.
To’sib olishda himoyachi quyidagilarga amal qilishi kerak:
1. Raqib darvozasiga xavf solayotganida yoki o’z harakatlari bilan
darvozani zabt etishga qulay vaziyat yaratib berish mumkin bo’lib
qolganda, uning yo’li to’siladi.
2. Raqib darvozaga qanchalik yaqin kelsa, unga shunchalik yaqin
masofada yo’lini to’sish kerak.
3. 0 ’yin vaziyatiga va o’yinchilar qanday turganiga qarab,
'Vyindan chiqqan" holat hosil qilishi mumkin.
Olib qolish - bu mudofaadagi jamoa o’yinchisining o’ziga bevosita
yaqin turgan raqib o’yinchisiga yo’naltirilgan to’pni qo’lga kiritish
niyatidagi harakati. To’sib olishdagi singari olib qolishdagi
muvaffaqiyat ham himoyachining to’g’ri pozisiya tanlashiga, to’pga
vaqtida chiqishiga, vaziyatni to’g’ri baholashiga, tezkorligiga va
h.k.larga bog’Iiq. Olib qolishda himoyachi bilan hujumchi o’rtasidagi
masofa, odatda, to’sib qolishdagiga nisbatan ko’proq bo’ladi. Boisi -
bunda himoyachi faol tomon bo’lib, to’p uchishi kerak bo’lgan tomonga
otilib chiqishga ulguradi.
Olib qolishda o’ynaganda himoyachi quyidagilarga amal qilishi
kerak:
a) to’p yoki to’pni olayotgan raqib qayerdaligiga qarab, hujumchiga
bo’lgan masofani keragicha saqlash;
121
b) sharoitni to’g’ri baholash va harakat boshlash paytini to’g’ri
aniqlash;
c) to’pni olib qolishning eng ma’qul vositasini tanlash.
To’pi bor o’yinchiga qarshi harakatlar.
To’pi bor o’yinchiga qarshi individual o’yin ilgarilama mudofaa
taktikasiga, ya’ni raqib o’yinchisini kuzatish va unga qarshi o’ynashga

Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin