Dastlabki o`rgatishda qo`llaniladigan metodika


Darvozadan chiqqandagi barakatlar



Yüklə 486,36 Kb.
səhifə12/24
tarix24.12.2023
ölçüsü486,36 Kb.
#191767
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
mustaqil ta\'lim

Darvozadan chiqqandagi barakatlar.
0 ’yindagi ahvol darvozabonni ko’pincha darvozani tashlab chiqib,
jarima maydoni doirasida harakat qilishga majbur etadi. Bunday
hollarda darvozabon yo jarima maydoni doirasiga yo’naItirilgan
(uzatilgan yoki izillatilgan) to’plami tutib qoladi, yo bo’lmasa to’pni
qo’lga kiritish uchun raqib bilan yakkama-yakka kurash boshlaydi
(bunda tp darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan hujumchi
87
nazoratida boMishi, uchib kelayotgan to’p esa "hech kimda" bo’lmasligi
kerak).
Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqishi mumkin.
- darvozadan chiqish nihoyatda zarur bo’lsa;
- darvozabon tepalatib uzatilgan tpga yeta olishiga, ya’ni o’z
o’yinchi-larining va raqib tomon o’yinchilarining joylashishi birmuncha
bemalol harakat qilish imkonini berishiga ishonsa;
- raqib g’izillatib uzatgan to’p darvoza yaqinida o’tayotgan bo’lsa.
Darvozabon quyidagi hollarda darvozani tashlab chiqmasligi kerak:
- to’pni qo’lga kiritish uchun kerakli pozisiyaga o’tib ulgurishiga
ishonmasa;
- himoyachilardan birortasi to’pni egallagan hujumchi bilan yoki
"neytral to’p" uchun kurashib turgan bo’lsa;
- jarima maydoni o’yinchilarga to’lib ketib, ular darvozabonning
kerakli pozisiyaga chiqishiga xalaqit berishi mumkin bo’lsa.
Tashlab chiqilgan darvoza raqib uchun ochilib qolishini darvozabon
hamma vaqt esda tutishi, shuning uchun ham qanday bo’lmasin, to’pni
qo’lga kiritib, hujumdagilarni zarba berish imkoniyatidan mahrum
qilishi kerak.
Darvozabonning hujumdagi harakatlari.
0 ’yin vaqtida to’pni qo’lga kiritgandan keyin yoki darvozadan
tepish huquqini olgandan keyin, o’z jamoasining hujum harakatlari
boshlanich bosqichini uyushtirib berish darvozabonning muhim
vazifasi hisoblanadi.
Darvozadan tepishda hujum uyushtirish.
Darvozadan tepishda hujum uyushtirishning ikki xil varianti bor:
1. Darvozabonning to’pni qo’lga kiritish huquqini olishi
mo’ljallangan kom-binasiya. Darvozabon to’pni himoyachilardan biriga,
ko’proq qanot himoya-chisiga oshiradi, u esa to’pni darvozabonning
ziga qaytaradi. Darvozabon to’pni qo’lga kiritib, hujumni turli usulda
(qo’lda tashlab berib, qisqa, o’rtacha va uzoq masofalarga tepib berib)
davom ettirishi mumkin.
Darvozadan tepib o’yin boshlaganda, hamma kombinatsiyalar
trenirovka paytida to’pni raqib tutib olishiga yo’1 qymaydigan
darajada obdon ishlangan boMishi kerak.
2. To’pni ochilgan sheriklardan biriga uzatib berish. Darvozabon
to’pni qulay pozisiyaga chiqib ochilgan sheriklaridan biriga oshiradi.
To’p qancha uzoq masofaga uzatilsa, hujum shunchalik tez rivoj topa
88
oladi, chunki bu xildagi birinchi uzatishdayoq raqibning bir qator
o’yinchilari mudofaada faol qatna-shishdan mahrum bo’lib qoladi.
Darvozabon turli masofalarga to’p uzatishning umumiy qonunlarini
bilishi shart: to’p qanchalik qisqa masofaga uzatilsa, uni oldirib qo’yish
ehtimoli shunchalik kam; qanchalik uzoq masofaga uzatilsa, o’yin
shunchalik keskinroq bo’ladi. Shuning uchun to’pni qanot tomonda
ochilgan o’yinchiga - qisqa masofaga uzatgan ma’qul, cbunki raqib
to’pni tutib qolganda ham, darvozaga bevosita xavf sola olmaydi.

Yüklə 486,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin