To’p bilan harakatlar.
To’pni boshqarayotgan futbolchi harakatlarining asosiy variantlari
to’p olib yurish, aylanib o’tish, zarba berish, to’pni uzatish va
to’xtatishdan iborat.
0 ’yinchilaming hamma texnik harakatlari ,fO’yin texnikasi" bobida
mufassal tahlil qilingan. Bu yerda esa turli o’yin vaziyatlarida qaysi bir
harakatdan foydalanish ma’qulroq ekani haqida ba’zi tavsiyalar berish
bilan cheklana qolamiz.
Tpni olib yurish. To’pni egallagan o’yinchining sheriklarini
raqiblar to’sib olgan bo’lib, to’pni uzatish imkoni bo’lmasa, u holda
mana shu taktik vosita ishlatilgani ma’qul. Bunday vaziyatda o’yinchi
quyidagi maqsadlarda to’p bilan birga maydonda uzunasiga yoki
ko’ndalangiga harakat qila boshlashi kerak:
94
a) sheriklarining ochilishiga, shuningdek, ulardan birortasining
hujum zonasiga o’tishiga imkoniyat yaratib berish. Bu holda
sheriklarining yangi pozisiyalarga chiqib olishiga vaqt yetarli bo’lsin
uchun harakatlanish tez boMmasligi lozim;
b) raqib darvozasiga bevosita xavf solish uchun o’z-o’ziga sharoit
yaratish. Bunda akschora ko’rishni qiyinlashtirish uchun to’p maksimal
tezlikda olib yuriladi. Bundan tashqari, sheriklaming pozisiyasi
qulayligidan darhol foydalanib qolish uchun to’pni boshqarayotgan
futbolchi ulaming harakatlanishini e’tibor bilan kuzatib borishi kerak.
To’pi yo’q futbolchi to’pni egallagan futbolchiga nisbatan tezroq
yugurishini hamma vaqt yodda tutish kerak: shuning uchun ham to’pni
uzatish imkoniyati bo’lmagan taqdirdagina uni olib yurgan ma’qul.
To’pni ortiqcha ushlab turish hujumning rivojini sekinlashtirib qo’yadi
va sheriklar ishini qiyinlashtiradi, chunki ular qulay pozisiyaga chiqib,
to’p olmaganlaridan keyin yana pozisiya almashtirishga majbur
boMadilar.
Aylanib tish. Aylanib o’tish, ya’ni to’pni boshqarayotgan
o’yinchining raqib bilan kurashda yutib chiqish maqsadidagi harakatlari
mudofaadan individual tishning muhim vositasidir. Aylanib o’tish
usullari qanchalik xilma-xil va samarali bo’lsa, hujum shunchalik
xavfliroq bo’la boradi.
Aylanib o’tishning quyidagi turlari mavjud: harakat tezligini
o’zgartirib aylanib o’tish; harakat yo’nalishini zgartirib aylanib o’tish;
aldash harakatlari (fintlar).
Harakat tezligini o’zgartirib aldab o’tish mana bunday bajariladi:
to’pni egallagan futbolchi unga yonidan, oldindan-yon tomondan yoki
orqadan - yon tomondan hujum qilayotgan himoyachi yaqinroq kelishini
kutib, o’rtacha tezlikda harakat qila boradi. Taxminan himoyachi bilan
uchrashiladigan paytda, oraliq 2-3 metrcha qolganda, ya’ni himoyachi
bevosita hujum qilish masofasiga kelib qolganida hujumchi harakat
tezligini keskin oshiradi. Bunda u go’yo himoyachi bilan shartli
uchrashish nuqtasidan o’tib ketib qoladi. Aylanib o’tishning bu turi
maydonning yon chizig’i bo’ylab to’p olib ketayotganda yoki to’pi bor
o’yinchi diagonal bylab harakatlanayotganida ko’proq foyda beradi.
Aylanib tishning bu usulini boshqacharoq, muayyan harakat
uchastkasida tezlikni kamaytirib ham qilsa bo’ladi.
Harakat yo’nalishini o’zgartirib aylanib o’tishning ikki asosiy
varianti bor. Bulardan birinchisi himoyachi to’pni boshqarayotgan
o’yinchidan oldinda boMganida ishlatiladi. To’pi bor yinchi o’rtacha
95
tezlikda to’ppa-to’g’ri himoyachiga qarab ketaveradi. Taxminan 5-6 m
qolganda, to’pi bor o’yinchi tezlikni zgartirmay olg’a tomon
chaproqqa harakat qila boshlaydi. Agar himoyachi harakat ynalishi
o’zgarganiga e’tibor qilmasa, unda tezlikni birdan oshirib, raqibni
orqada koldirib ketish mumkin. Bordi-yu, himoyachi to’pi bor
o’yinchining yangi harakat yo’nalishini to’smoqchi bo’lib, shu tomonga
o’ta boshlasa, unda to’la tezlikda yo’nalishni o’zgartirib, olg’a tomon
o’ngga ketib qolsa boMadi. Agar himoyachi to’pni egallagan o’yinchi
harakatining yo’na-lishlari o’zgarishiga tez e’tibor berib, bu yo’nalishni
ham to’sib ulgursa, unda yo’nalishni bir necha bor o’zgartirgan tuzuk.
Xullas, muayyan yo’nalishda ilgarilashga himoyachi halaqit
bermaydigan blib qolganidagina maksimal tezlikka o’tishni yoddan
chiharmaslik kerak.
Ddkinchi variant himoyachi orqada yoki orqada - yon tomonda
bo’lib, to’pi bor o’yinchi bilan bir tomonga harakatlanayotgan va unga
yetib olayotgan boMganda qoMlaniladi. Himoyachi yaqinlashib qolgan
paytda hujumchi tpni txtatadi-da, 180* ga burilib, o’tib ketib qolgan
himoyachini chetlab harakatda davom etadi. Aylanib o’tishning bu turi
maydonda uzunasiga ham, ko’ndalangiga ham to’p olib yurishda
qoMIaniladiki, bu to’pi bor o’yinchi uzunasiga va diagonaliga
harakatlanib borayotganida ayniqsa foydali.
Aldash harakatlari (fintlar) yordamida aylanib o’tish - o’yin joyi
nisbatan chog’roq sharoitda kurash olib borshning eng samarali
vositasidir. Fintlaming quyidagi turlari mavjud:
1. Zarba berib fint qilish. To’pi bor o’yinchi himoyachiga
yaqinlasha turib, unga 3-4 m qolganda, go’yo to’pni shundoqqina
raqibga tepmoqchidek, oyog’ini qattiq orqaga tortadi. Raqib zarba
tegishiga chogManib, odatda, o’yinchi yonidan o’tib ketganiga tez e’tibor
berolmay qoladi. Bu fint himoyachining yonida bsh joy blgan
hollardagina qoMlaniladi. Yo’qsa hujumchi o’zi bilan kurashayotgan
himoyachining yonidagi himoyachiga rpara kelib qoladi.
2. Qochib g’olib fint qilish. To’pi bor hujumchi to’ppa-to’g’ri
himoyachiga qarab ketaveradi. Orada 2-3 m masofa qolganida hujumchi
chap tomonga ketmoqchidek harakat qiladi-da, keyin maksimal tezlikda
himoyachining o’ng tomonidan aylanib o’tib ketishga harakat qiladi.
Aylanib o’tishning bu turi maydonning istalgan joyida va turlicha o’yin
vaziyatida muvaffaqiyat bilan qoMlanilishi mumkin.
3. To’pni to’xtatib turib fint qilish. To’pi bor o’yinchi izma-iz
kelayotgan himoyachi yetib olayotganini ko’rib, tezligini bir oz
96 kamaytiradi. Orada 1,5-2 m masofa qolganda, hujumchi to’pni
to’xtatadi, keyin esa ilgarigi yo’nalishda maksimal tezlikda harakatni
davom ettiradi.